Foydalanuvchi munozarasi:Intizor Ziyodullayeva

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Oy geografiyasi“ni selenografiya fani oʻrganadi. Oyning mukammal xaritalari tuzilgan. Ayniqsa, Oyning Yerdan koʻrinadigan tomoni yaxshi oʻrganilgan, sirtidagi 32000 ta turli togʻ, krater va dengizlarga nom berilgan. Bundan tashqari, 200000 ga yaqin mayda nomlanmagan tuzilmalar Oy xaritasiga tushirilgan (1-rasm). Quvvatli teleskoplarda Oy sirtida kattaligi 100 m keladigan toshlar yoki yoriqlarni koʻrish mumkin (2-rasm). Oddiy koʻz bilan Oy diskida „dengizlar“ deb nomlangan katta-katta qora dogʻlar koʻrinadi. Dengizlar chetidagi kichik shoxobchalar „qoʻltiqlar“, katta yorugʻ dogʻlar „qitʼalar“ va oʻrtacha yorugʻlikdagi dogʻlar „botqoqliklar“ deb ataladi. Bunday nomlarni 17-asrda yashagan italiyalik astronom Richcholi taklif qilgan. Oyni birinchi marta 1610-yilda G. Galiley teleskopdan kuzatgan, 1647-yilda Ya. Geveliy (Gdansk) birinchi Oy xaritasini tuzgan. Oy dengizlari oʻrtacha sathdan pastroq joylashgan, qitʼalari esa, asosan, togʻli rayonlardir. Kuzatishlar natijasida qitʼa va dengizlar boshqa-boshqa moddalardan tashkil topgan, degan xulosaga kelindi. Oydagi eng katta dengiz „Boʻronlar okeani“ deb ataladi. Oy xaritasida „Moʻl-koʻlchilik dengizi“, „Sokinlik dengizi“, „Bulutlar dengizi“, „Ravshanlik dengizi“, „Yomgʻirlar dengizi“, „Moskva dengizi“, „Orzu dengizi“ kabi nomlar bor.

Oy sirti teleskopda benihoya notekis, oʻnqir-choʻnqir boʻlib koʻrinadi (3-rasm). Ayniqsa qitʼalarda zich joylashgan va baʼzan „dengizlar“da uchraydigan aylana yoki ellips shaklidagi halqasimon togʻlar koʻp. Diametrlari bir necha yuz m dan bir necha yuz km gacha keladigan halqasimon togʻlarning 30000 tadan ortigʻi Oy xaritalarida aks ettirilgan Intizor Ziyodullayeva (munozara) 07:52, 12-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]