Foydalanuvchi munozarasi:Hanspowell

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Savodxon
Turi Oʻzbek tili imlo dasturi
Status Matn tahrirlash
Asoschi(lari) Javlon Juraev
Mahsulot(lar)i
  1. MS word, Google Docs, , WordPress plagin
  2. Android ilovalar
  3. Izohli lugʻat
  4. Telegram bot: @savodxonBot
Vebsayti https://savodxon.uz/

Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir. Uning yordamida siz matndagi imlo xatolarni aniqlashingiz va kontentingiz sifatini oshirishingiz mumkin.

Savodxon dasturi asos va qoʻshimchalar bazasidan foydalangan holda tekshirish uchun yuborilgan matnni tahlil qiladi va undagi xato yozilgan soʻzlarni ajratib beradi.

Loyiha maqsadi[manbasini tahrirlash]

Dastur bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri — imloviy savodsizlikni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan. Loyiha mualliflari internet tarmogʻi va bosma nashrlardagi matn sifatini oshiribgina ommaviy savodxonlikka erishish mumkinligiga ishonadilar.

Mana 7 yildirki, savodxon dasturi tinimsiz rivojlanib, oʻsib bormoqda. Sayt 2014-yilda ijtimoiy loyiha sifatida oʻz ishini boshlagan boʻlsa, yildan-yilga uning imkoniyatlari va ishlash sifati oshib bordi. Quyida dastur taraqqiyotidagi muhim sanalar keltirilgan:

  • 2020-yil, 12-oktyabr — Savodxon sayti xizmatlaridan butun jamoa boʻlib foydalanadigan tashkilotlar uchun “Korporativ mijoz” xizmatini yoʻlga qoʻyildi.
  • 2020-yil, 9-oktyabr — Savodxon sayti xizmatlaridan Google Docs dasturi ichidan turib foydalanish imkonini beradigan maxsus ilova yaratildi.
  • 2020-yil, 17-iyul — Android tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun bepul izohli lugʻat ilovasi eʼlon qilindi. Uning Savodxon dasturi bazasidagi barcha soʻzlar izohini koʻrish mumkin.
  • 2020-yil, 2-fevral — Microsoft Word dasturi uchun maxsus ilova eʼlon qilindi. Uni oʻz kompyuteriga oʻrnatib, foydalanuvchi Word dasturining ichida turib Savodxon dasturi xizmatlaridan foydalana oladi.
  • 2019-yil, 3-may — Oʻzbek tilidagi soʻzlar imlosini tekshirish va izohini koʻrish imkonini beruvchi @SavodxonBot Telegram boti ishga tushirildi.
  • 2019-yil, 4-aprel — Savodxon dasturidan foydalanish pulli qilindi. Savodxon sayti tijorat loyihasiga aylandi.
  • 2019-yil, 15-mart — Shaxsiy lugʻat funksiyasi yangilandi.
  • 2019-yil, 14-fevral — Koʻpchilik foydalanuvchilar fikrini hisobga olib, Savodxon sayti interfeysi toʻliq yangilandi.
  • 2018-yil, 1-dekabr — Istalgan saytda kiritilayotgan matnni imlo xatolariga tekshirish imkonini beruvchi Chrome brauzeri ilovasi eʼlon qilindi. Keyinchalik bu ilova ishi toʻxtatildi.
  • 2018-yil, 28-noyabr — Shaxsiy lugʻat funksiyasi yaratildi.
  • 2018-yil, 2-noyabr — WordPress platformasida yaratilgan saytlar uchun sayt matnini lotin yozuvidan kirillga va kirill yozuvidan lotinga oʻgirib beradigan ikkita plagin eʼlon qilindi.
  • 2018-yil, 12-oktyabr — Shu kungacha imlo.insof.uz domeni ostida ishlab kelgan imlo dasturi Savodxon dasturi va savodxon.uz domeni bilan qayta brendlandi.
  • 2018-yil, 24-avgust — Android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun matnni lotin va kirill yozuvlariga oʻgirib beradigan dastur eʼlon qilindi.
  • 2018-yil, 2-iyun — MS Word va MS Excel fayllarini saytga yuklab, ulardagi imlo xatolarini tuzatish va matnni lotin/kirill yozuvlariga oʻgirish imkoniyati qoʻshildi.
  • 2018-yil, 25-aprel — Avval faqat lotin yozuvidagi matn imlosini tekshirgan dasturga kirill yozuvidagi matn imlosini ham tekshirish imkoniyati qoʻshildi.
  • 2017-yil, 10-fevral — WordPress platformasida yaratilgan saytdagi tahrir oynasi uchun imlo xatolarini tekshirish plagini yaratildi.
  • 2017-yil, 26-oktyabr — Imlo dasturi xato deb aniqlagan soʻzlar uchun toʻgʻri soʻz variantlarini taklif qilish funksiyasi qoʻshildi.
  • 2016-yil, 8-avgust — Shu paytgacha faqat matnni lotin va kirill yozuvlariga oʻgirish uchun xizmat qilgan dasturga matn imlosini tekshirish imkoniyati qoʻshildi. Dastur toʻlaqonli imlo dasturiga aylandi.
  • 2016-yil, 8-aprel — Lotin yozuvida yaratilgan istalgan sayt matnini kirill yozuviga oʻgirib koʻrish imkoni beruvchi Chrome brauzeri ilovasi yaratildi.
  • 2014-yil, 1-noyabrImlo dasturining Android qurilmalar uchun ilovasi eʼlon qilindi.
  • 2014-yil, 2-oktyabr — Imlo dasturi oʻz ishini boshladi.

Savodxon matbuotda[manbasini tahrirlash]

xavfdan holimi xolimi[manbasini tahrirlash]

Xavfdan holi 185.139.137.223 10:52, 6-Yanvar 2022 (UTC)[javob berish]