Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:DiyorbekKamilovv

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salom doʻstlarim! Foydalanuvchi sahifamga xush kelibsiz! Men, Diyorbek Komilov , 20 yoshdaman. Hozirda UrDu talabasiman. Oʻzimni biotexnolog, va ingliz va rus tillari tarjimoni deb tanishtira olaman. Umid qilamanki, oʻzbekcha Vikipediyada ham munosib iz qoldira olaman!

Antibiotiklar

[manbasini tahrirlash]

Antibiotiklar (anti-qarshi va bios-hayot) — baʼzi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Mas, bir antibiotik maʼlum bir mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939-yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriya olishga Muyassar boʻldi. 1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogʻor zamburugʻi (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova 1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi. Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 — 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin, sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) koʻllanilmoqda. Antibiotiklar turli mikroorganizmlarga bir qadar oʻziga xos taʼsir koʻrsatadi. Masalan, penitsillin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq taʼsir etadi. Taʼsir doirasi keng Antibiotiklar, mas, tetratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi taʼsir qiladi. Penitsillinning taʼsiri mikrob hujayrasi devorining sintezini tormoz qilishga bogʻliq ekanligi maʼlum. Boshka bir kagor Antibiotiklar mikrob hujayrasida oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi. DiyorbekKamilovv (munozara) 09:02, 16-Mart 2023 (UTC)