Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:DiyorbekKamilovv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biror bir ma’lumotni shartli belgilar yordamida ifodalash, odatda, kodlash yoki kod deb ataladi. Biologiyada genetik informatsiyani, ya’ni oqsil molekulalarini tashkil etuvchi 20 xil aminokislotani DNK molekulasidagi 4 xil nukleotid yordamida ifodalash genetik kod deb ataladi. DNK zanjirida joylashgan irsiy informatsiya 3 nukleotiddan tashkil topgan tripletlar yordamida kodlangandir. Tripletlar 64 ta har xil kodonlar hosil qiladi. Bu esa 20 ta aminokislotani ifodalashga yetarlidir. 1961 yilda ingliz olimi Krik genetik kod muammosini raatematik unaliz qilib, kod haqiqatdan ham, tripletli xususiyatga ega degan xulosaga keldi va genetik kod lug’atini tuzdi. Oqsil molekulasidagi har bir aminokislotani ifodalovchi kod tripletli bo’lib, u Krik ifodasiga ko’ra kodon deb nomlanadi. Quyidagi jadvalda genetik kod lug’ati keltirilgan. 64 ta tripletdan 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotani ifodalovchi tripletdir. Qolgan uchtasi (UGA, AUG, UAG) aminokislotalami ifodalay olmaydi. Shuning uchun ular tripletlar deyiladi. Bu tripletlar oqsillar biosintezida alohida abamiyatga ega bo’lib, ular polipeptid zanjirlarining tugallanishi va zanjirning ribosomadan ajralishini ifodlaydi. Triptofan va metioninning bittadan kodonlari mavjud. Qolgan aminokislotalar 2 tadan 6 tagacha triplet yordamida ifodalanadi. metioninning kodoni AUG kodoni initsirlovchi kodon deb ataladi. Translyatsiya prokariotlarda formilmetionindan, eukariotlarda esa metionin kodonidan boshlanadi. Genetik kod universal xarakterga ega, ya’ni u barcha tirik mavjudotlar uchun bir xil. Barcha kodon uchta nukleotdan (tripletdan) iborat, Informatsiya ma’lum nuqtadan boshlanadi. Bir xil aminokislotalami ifodalovchi tripletlar bir -biriga o’xshaydi. Barcha tirik organizmlaming kodlari ko’pincha umumiy yoki bir xil bo’ladi.