Foydalanuvchi munozarasi:Akademik~uzwiki

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chizmali qoyatosh suratlari manzili Jizzax shahridan 2 km chamasi g`arbda, Nurota tizmasida joylashgan. Mazkur tarixiy yodgorlikda 500 dan ziyod qadimiy petroglif lar aniqlangan. Ular eramizdan oldingi II mingyillikkacha bo`lgan davr, [|temir asri]]ga tegishli va milodiy I mingyillikda chizilgan suratlar guruhiga bo`linadi. Qoyatosh suratlari tasviriy san`atning ilk ko`rinishlaridan biri bo`lib, qadimiy odamlar hayotidan, o`y-xayollari-yu dunyoqarashini, shuningdek, o`lkaning hayvonot olami o`tmish manzaralarini tadqiq etishda, xalqlarning urf-odatlari tarixini o`rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Chizmali qoyatosh suratlari manzili ilm olamiga hali unchalik ma`lum emas. Yodgorlik havaskor o`lkashunoslar — O`ktam Mutalov va Farruh Jabborov tomonidan o`rganilgan. Mahalliy xalq orasida yodgorlik Sizmoyil ota nomi bilan ataladi. Shu nomdagi avliyo bilan bog`liq ziyoratgoh ham mavjud bo`lib, aholi, ayniqsa, Navro`z atrofida turli marosimlar o`tkazadi. Bosh cho`qqida qadimiy o`choq saqlangan. Geograf O`ktam Mutalov bu taponimning etimologiyasini o`rganib, aslida Chizmali bo`lganligi va keyinchalik fonetik o`zgarishga uchraganini aniqlagan. Farruh Jabborov manzil haqida «Jizzax haqiqati» va «Hurriyat» gazetalarida maqola e`lon qilgan.

Your account will be renamed[manbasini tahrirlash]

08:41, 20-Mart 2015 (UTC)

12:59, 19-Aprel 2015 (UTC)