Sizmoyil ota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sizmoyil ota — Chizmali qoyatosh suratlari manzili mahalliy xalq orasida shunday ataladi. Yodgorlik hududida shu nomdagi avliyo bilan bogʻliq ziyoratgoh ham mavjud boʻlib, aholi, ayniqsa, Navro`z atrofida turli marosimlar oʻtkazadi. Bosh choʻqqida qadimiy oʻchoq saqlangan. Geograf O`ktam Mutalov bu taponimning etimologiyasini oʻrganib, aslida Chizmali boʻlganligi va keyinchalik fonetik oʻzgarishga uchraganini aniqlagan.Chizmali qoyatosh suratlari manzili Jizzax shahridan 2 km chamasi gʻarbda, Nurota tizmasida joylashgan. Mazkur tarixiy yodgorlikda 500 dan ziyod qadimiy petroglif lar aniqlangan. Ular eramizdan oldingi II mingyillikkacha boʻlgan davr, temir asriga tegishli va milodiy I mingyillikda chizilgan suratlar guruhiga boʻlinadi. Qoyatosh suratlari tasviriy sanʼatning ilk koʻrinishlaridan biri boʻlib, qadimiy odamlar hayotidan, oʻy-xayollari-yu dunyoqarashini, shuningdek, oʻlkaning hayvonot olami oʻtmish manzaralarini tadqiq etishda, xalqlarning urf-odatlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Manzili ilm olamiga hali unchalik maʼlum emas.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]