Foydalanuvchi:Xurshida1984/qumloq/ abu vardiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali al-Abiyvardiy imomiy — shia olimlaridan sanalib, mantiq ilmi, faylasuf olim. (966/1559 yil). Uning otasi Mavlono Ahmad o‘z zamonasining yetuk olimi bo‘lgan. Ali al-Abiyvardiy Ma’sum bek Safaviyning o‘g‘li Xon Mirzo davrida Koshonda otasi qo‘lida tarbiya topgan. Garchi ba’zilar uni Mashhadda istiqomat qilgan deb hisoblasa-da, u umrining ko‘p qismini Koshonda o‘tkazgani sababli unga Koshoniy nisbasi berilgan. Ali al-Abiyvardiy 966/1559 yil ramazon oyining 26 sanasida vafot etgan va Ardabildagi Daralarshod qabristonigaga dafn etilgan. Ali al-Abiyvardiy o‘tkir zehn sohibi bo‘lib, o‘z davridagi ko‘plab ana’naviy bilimlarni o‘zlashtirib, yuqori ilmiy mavqega erishdi.

“Shia mashhur shaxslari tabaqalari” (Tabaqot a’lam ash-shia) kitobida undan rivoyatlar keltirilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Ravdatu-l-jinan fi-l-kalom” (asar nusxalarini Majlisi sho‘ro va Tehron universiteti qo‘lyozma fondida uchratish mumkin), “Risola fi miqdori-d-diyat va ahkamiha” (bu asar xun miqdori va uning tartib-qoidalari haqida forscha qisqacha risola bo‘lib, uning nusxasi Tehron universiteti mavjud), “Sharh risola al-faroiz li Nosiriddin at-Tusiy” (asar 962/1555 yozib tugallangan, Nosiriddin at-Tusiyning meros taqsimoti haqidagi risolasining arabcha sharhidir), “Risola fi isboti-l-vojib” (963/1556 yil, Sabzavor shahrida yozib tugatgan. Uning qo‘lyozmalari Tehron universiteti kutubxonasi va Milliy kutubxonada saqlanadi), “Risola fi-l-mantiq” va boshqalar.