Foydalanuvchi:Ummu Maryamxon/qumloq/Majma'ul amsol kitobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Majma'ul amsol

Abu Fazl Maydoniy qalamiga mansub XIII asrda yzoilgan
Asl nomi Majma'ul amsol
Muallif(lar) Ahmad ibn Ibrohim al Maydoniy Abu Fazl an naysoburiy
Mamlakat Naysobur
Til arabcha
Janr(lar)i arab xalq og'zaki ijodi

Majma'ul amsol kitobi— Majma'ul amsol kitobi muallifi Abu Fazl Ahmad ibn Muhammad ibn an Naysoburiy bo'lib, Maydoniy taxallusi bilan mashhur.Kitob milodiy XIII asrda yozilgan. O'ttiz bobdan iborat. Johiliyat va islom davridagi besh mingga yaqin arab maqollarini qamrab olgan. Muallif kitobdagi maqollarni tartibga solishda o’zgacha uslubdan foydalangan. Ya’ni kitobda maqollar alifbo harflari tartibida berilgan, qolaversa, har bir maqolning qo’llanish o’rni ham zikr qilingan.

Kitobning ilmiy o'rganilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydoniyning kitobi borasidagi ilmiy ishlarning tahqiqi va nashri borasidagi salmoqli ishlar XVII asrdan boshlab davom etib kelmoqda. Yevropada “Majma’ul amsol” kitobini ilk bor to’lig’icha nashr qilishga kirishgan olim sharqshunos Eduard Pokokdir. (U milodiy 1604-1691 yillarda yashab ijod qilgan). Eduard Pokok Maydoniyning kitobiga lotin tilida sharh va izohlar yozishga kirishgan vaqtda uning o’limi bois bu ish to’xtab qolgan. So’ngra u tayyorlagan qo’lyozma nusxa oksfordda joylashgan Bodlian kutubxonasiga yuborilgan. Pokokning vafotidan keyin ham bir qancha yevropalik sharqshunos olimlar “Majma’ul amsol” kitobini to’liq nashr qilishga harakat qilganlar. Shulardan Maydoniyning ashaddiy muxlislaridan biri bo’lish Jon Jakob Reyks (milodiy 1716-1774 yillarda yashab ijod qilgan) edi. U “Majma’ul amsol” kitobini to’liq nashr qilish uchun kirishadi, ammo moliyaviy jihatdan bir qancha to’siqlarga duch kelgach bu ishni to’liq amalga oshirishga muvaffaq bo’la olmaydi, balki, “Majma’ul amsol” kitobidan olinag faqat hassaga oid maqollar jamlangan risolani mashr eta oladi xalos. Bu risola milodiy 1758-yili Leypstig shahrida nashr etilgan. Yana yevropalik sharqshunos olimlardan bo’lmish E. Shedidius kitobni to’liq nashr qilishga uringan. Afsuski, uning loyihasi ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan. U bor yo’g’I 24 sahifadan iborat risolanigina nashr eta olgan. Livanlik shayx Ibrohim ibn Ahdab “Faroidul al fi majma’ul amsol” nmli kitob ta’lif qilgan bo’lib, unda “Majma’ul amsol” kitobini nazmiy shaklga keltirib bayon qilgan. Bu kitob Bayrutda 1312/1895 yilda nashr qilingan. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, “Majma’ul amsol” kitobi ustida 1966-yilda tadqiqot olib borgan va uning ilmiy-tanqidiy matnini tuzgan olimlar bugungi kunda Britaniyada doktorlik himoyasini qilganlar va ularga Lider nomi berilgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, “Majma’ul amsol” kitobi qadim arab maqollarini o’rganishda yashirin xazina bo’lib, bu xazinani kashf qilish ko’plab ulamolar sa’y-harakatiga muhtojdir.

Qo'lyozma nusxalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Majma’ul amsol” kitobini qisqartma shaklida Shayx Yusuf al Janubiy yozgan bo’lib, bu qo’lyozma bugungi kunda ham Madinai Munavvaradagi “Orif hikma” nomli kutubxonada 182-raqam ostida saqlanib kelmoqda. Bu qo’lyozma 72 sahifadan iborat bo’lib, har bir bet 19 qatordan iborat.


Salom [Ushbu maqola chop qilish uchun yaroqlimi?]