Foydalanuvchi:Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey
(ALTSUL)
Xalqaro nomi Academic Lyceum named after M.S.Vasikova under Tashkent State Law University
Asos solingan 1994
Oʻquv yurti turi Akademik litsey
Rektori Maxmudov Sherali Xayitovich[1]
Fakultetlar 1
Kampusi Toshkent shahri
Manzili Shayxontohur tumani, Markaz-13, Labzak ko’chasi 10-uy
Vebsayti https://altsul.uz/galereya/

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagiToshkent shahridagi akademik litseylardan biri.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi 77-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

2013 yil 28 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey maqomi berilgan.

Oʻzgarishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maxmudov Sherali Xayitovich 2021-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey ijrochi direktor etib tayinlandi.

Bugungi kunda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik litseyning ichki quvvati 540 o‘ringa mo‘ljallangan. 28 ta o‘quv xonalari, sport zali, sport ochiq maydoni, 2 ta kompyuter o‘quv xonalari, 2 ta laboratoriya xonalari mavjud va ular to‘liq jihozlangan.

Akademik litseyda ta’lim jarayoni bir smenada tashkil etilgan bo‘lib, unda “Ijtimoiy-gumanitar” yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Fon-001

Qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar bir bosqichda oʻtkaziladi:

  • Bir bosqichda — test sinovlari

Imtihonlar yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi fanlardan iborat[2]

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

  • I-bo'lim
  • Davlat va huquq asoslari fanidan
  • II-bo'lim
  • Intellektual qobiliyat darajasi(IQni) aniqlash bo'yicha test

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]