Foydalanuvchi:Tdtuof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

|Shahar nomi = Toshkent viloyati Olmaliq shahar |Davlat nomi = O'zbekiston |ko?chasi = Olmaliq shahar M.Ulug'bek ko'chasi |vebsayt = www.tdtuof.uz }} TDTU Olmaliq filiali — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari bilan 2017 yil 27 iyulidagi “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlariga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakulьtetlari faoliyat boshladi. “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulьteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Umumkasbiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulьteti esa “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini o’z ichiga oladi. Аyni vaqtda kunduzgi bo’limda Mashinasozlik texnologiyalari, mashinasozlik ishlab chiqarilishini jihozlash va avtomatlashtirish, Konchilik ishi, Metallurgiya, Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kabi bakalavriat ta'lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Joriy o’quv yilidan boshlab Konchilik elektr mexanikasi hamda Texnologik mashinalar va jihozlar nomli yangi yo’nalishlar ochildi. Shuningdek, oliygohimizda kechki va maxsus sirtqi bo’limlar ham tashkil etilib, ushbu bo’limlarda 400 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Filialimizning kunduzgi va kechki bo’limlariga abiturentlarning hujjatlari umumiy belgilangan tartibda qabul qilinadi. Maxsus sirtqi bo’limga esa kamida uch yillik amaliy ish staji hamda “Olmaliq KMK” АJ, “Navoyi KMK” DK, “O’zbekiston metallurgiya kombinati” АJ, “O’zbekko’mir” АJ O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va meneral resurslar qo’mitasining tavsiyanomalari talab etiladi. Аlbatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy labaratoriya jihozlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mazkur masalada Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi jumladan Metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, Kimyoviy texnologiya, Gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, Mashinasozlik hamda Favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid o’quv-laboratoriyalarini belgilangan muddatlar doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan. Filialda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o’qituvchilarning o’z ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari mavjud bo’lib, ular belgilangan muddatlarda ilmiy maqola, o’quv-uslubiy qo’llanma va darsliklarni chop etib kelmoqda. Shuningdek, tadqiqot doirasidagi dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli o’tkazishmoqda. O’tgan yilda ikki nafar professor-o’qituvchi o’z dissertatsiyalarini ana shunday muvaffaqiyat bilan himoya qilib, fan doktori ilmiy darajalariga ega bo’lishdi. Joriy yilda esa yana to’rt nafar professor o’qituvchilarimizning ilmiy-tadqiqot ishlari oxiriga yetkazilib, dissertatsiya himoyalarini o’tkazish asosiy maqsadimiz sifatida belgilangan. Bu doirada o’z ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan bir guruh yosh iste'dodli professor –o’qituvchilarimizdan - Olmos Boltaev, Obid Xasanov, Vazira Аhmedova, Nazira Madusmonova, Rusana Sinjapova, Jahongir Turdibaevlarni misol keltirish mumkin. Ularning har biri talaba-yoshlarning kamol topishi, jamiyatda munosib o’rin egallashida bor bilim va tajribasini o’rgatib, ma'nan boy avlodlar bo’lib ta'lim-tarbiya olishlarida beqiyos hissa qo’shib kelmoqda. Bilamizki, ta'lim-tarbiya har bir davlatning nafaqat bugunida, balki ertasida ham muhim masala sanaladi. Shu boisdan, talaba yoshlarimizning dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, Respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini to’laqonli tushuntirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik kabi illatlarga qarshi kurashish, o’qish va darsdan bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish professor-o’qituvchilarimizning doimiy e'tiboridadir.

Mamuriyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Direktor

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konchilik ishi va metallurgiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Konchilik ishi va metallurgiya”

Fakultetlarda 8 ta kafedra faoliyat ko?rsatadi:

  • Konchilik ishi
  • Metallurgiya
  • Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari
  • Kimyoviy texnologiya
  • Ijtimoiy gumanitar fanlar
  • Matematik va tabiy fanlar

Fakultet qo?yidagi yo?nalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi: Konchilik ishi Metallurgiya Kimyoviy texnologiya Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari Mashinasozlik texnologiyasi Texnologiya mashina jihozlari


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]