Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Tahrirchi yigit/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi—fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etishda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladigan umumiy qoidalarini oʻzida aks ettirgan Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjati tushuniladi[1].

Tarixi va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi- Harakatlar strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi „Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va 2017-yilning 13-aprelida matbuotda eʼlon qilingan „Sudlar toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini 2017-yil 1-sentyabrgacha boʻlgan muddatda tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish nazarda tutildi[2].

  • Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi 2018-yil 1-apreldan kuchga kirgan[1].
  • Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi 4 boʻlim 29 bob va 288 moddadan iborat.

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish prinsiplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
  • Qonun va sud oldida tenglik
  • Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi
  • Sudning faol ishtiroki
  • Maʼmuriy sud ishlari yuritiladigan til
  • Sud muhokamasining oshkoraligi
  • Sud muhokamasining bevositaligi
  • Maʼmuriy ishlarni qonunchilik asosida hal qilish
  • Sud hujjatlarining majburiyligi

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1-bo‘lim. Umumiy qoidalar
  • 2-bo‘lim. Birinchi instantsiya sudida ish yuritish
  • 3-bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta koʻrish
  • 4-bo‘lim. Sud hujjatlarini ijro etish

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi quyidagi boblarni oʻz ichiga oladi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1-bob. Asosiy qoidalar
  • 2-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish prinsiplari
  • 3-bob. Sudning tarkibi
  • 4-bob. Sudyani va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
  • 5-bob. Maʼmuriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi
  • 6-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari
  • 7-bob. Dalillar va isbotlash
  • 8-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari
  • 9-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish
  • 10-bob. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish
  • 11-bob. Ish yuritishni tugatish
  • 12-bob. Sud xarajatlari
  • 13-bob. Protsessual muddatlar
  • 14-bob. Sud jarimalari
  • 15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
  • 16-bob. Ish qoʻzgʻatish
  • 17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
  • 18-bob. Sud muhokamasi
  • 19-bob. Sudning hal qiluv qarori
  • 20-bob. Sud ajrimi va qarori
  • 21-bob. Sud bayonnomasi
  • 25-bob. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash
  • 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
  • 27-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
  • 28-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish
  • 29-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY SUD ISHLARINI YURITISH TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI“. lex.uz. “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi. Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.
  2. „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ma’muriy sud ishlarini yuritishning manbai sifatida“. constitution.uz. Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]