Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sitora Oblakulova/Shukria Barakzai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shukria Barakzai (pushtucha: شکريه بارکزۍ) - afgʻon siyosatchisi, jurnalist va musulmon feminist ayol, Afg‘onistonning Norvegiyadagi elchisi[1]. “Yilning eng yaxshi muharriri” xalqaro mukofoti sovrindori.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shukria Barakzai 1970-yilda Afg‘onistonning Kobul shahrida tavallud topgan.

1990-yillarda Kobul universitetiga o'qishga kirgan. Hukumat va mujohidlar o'rtasida tobora kuchayib borayotgan zo'ravonlik harakatlari tufayli o'qishni to'xtatishga majbur bo'lgan. 1996-yilning sentyabr oyidaTolibon Kobulni egallab olgan. O'sha vaqtga kelib, ko'plab fuqarolar, ayniqsa, o'qimishli o'rta tabaqa vakillari mamlakatdan surgun qilingan.

Jurnalistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tolibon rejimi qulagach, Shukria Barakzai bu imkoniyatdan unumli foydalandi va 2002-yilda milliy haftalik gazeta "Aina-E-Zan" (Ayollar oynasi) gazetasiga asos soldi. U, asosan, onalar va chaqaloqlar o'limi, Afg'onistonning muammoli hududlari haqida kampaniya olib bordi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) hisob-kitoblariga koʻra, 2003-yilda tugʻruq vaqtida vafot etgan ayollar soni bo'yicha Afg'oniston dunyoda birinchi oʻrinni qayd etdi, har 100 000 nafar tirik tugʻilgan chaqaloqqa 1900 nafar vafot etgan ona to'g'ri kelgan)[2]. Barakzaining ta'kidlashicha, "Bolalar nikohi, majburiy nikoh va ayollarga nisbatan zo'ravonlikka haligacha ham keng tarqalgan va qabul qilingan amaliyot sifatida qaraladi". Feminist mamlakatdagi eng dolzarb masalalarga e'tibor qaratgan holda: "Menimcha, burqa unchalik muhim emas. Muhimi ta'lim, demokratiya va erkinlikdir", deydi[3]. Shukria Barakzai ayollar o'rtasidagi birlikni saqlashda erkaklar ham o'ziga xos rol o'ynashini ta'kidlaydi[4].

Barakzaining fikricha, Tolibon rejimi davrida taqiqlangan mobil telefonlar kabi zamonaviy texnologiya vositalari afg'on yoshlariga zamonaviy dunyo bilan integratsiyalashuvga yordam beradi. Misol uchun, turli iqtidorlarni kashf etuvchi televizon shou tanlovlari ishtirokchilariga ovoz berish uchun matnli xabarlardan foydalanish demokratik ovoz berish yo'lining qay tarzda ishlashi va uning foydali tomonlarini ko'rsatib berishini ta'kidladi[5]. Shuningdek, u o'z lavozimidan foydalanib, mamlakatda matbuot erkinligi yo'qligini, bu esa jurnalistlar uchun katta xavf tug'dirishini baralla aytdi (Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti matbuot erkinligi roʻyxatida Afgʻonistonni 173 mamlakat ichida 156-oʻringa qoʻygan, ayniqsa, ayollar masalalari bo'yicha, shuningdek, viloyatlarda ishlayotgan jurnalistlar uchun vaziyat ogʻir ekanini aytib o'tgan).

Siyosatga aralashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shukria Barakzai AQSh Kongressi aʼzolari hamda Afgʻoniston parlamenti aʼzolari bilan birgalikda AQShning Kobuldagi elchixonasida nonushtada qatnashmoqda, Afgʻoniston.

Shukria Barakzai toliblar qulaganidan keyin yangi konstitutsiyani muhokama qilish va uni qabul qilish uchun ko'rsatilgan vakillar organi - 2003-yilgi loya jirga a'zosi etib tayinlanadi[6]. 2005-yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgan saylovlarda Afg'oniston Milliy Assambleyasining quyi palatasi - Xalq palatasi yoki Volesi Jirga a'zosi etib saylanadi. Shukria Burakzai o'sha vaqtda 249 nafar deputat orasidagi 71 nafar ayoldan biri edi[7].

Shukria Burakzai ayollar huquqlarini himoya qiluvchi, o'z qarashlari ketidan o'lim tahdidiga duchor bo'lishi mumkin bo'lgan bir nechta ayol deputatlardan biri hisoblanadi[8]. Uning qonun chiqaruvchi organga nisbatan tanqidlari keng ko‘lamli edi: "Bizning parlamentimiz lordlardan yig'ilgan. Jangchilar lordlari, narkobaronlar lordlari, jinoyatchilar lordlari". Barakzai parlamentda zo'ravonlik tahdidlariga duch kelgan, jangovarlik harakatlarini qoralagan yana bir ayol deputat Malalai Joyani himoya qilgan holda: "Faqatgina men unga zo'ravonlik bilan tahdid qilgan deputatlar haqida gapirgan insonmas, shundan keyingi zo'ravonlar jimib qolishdi", deydi[9]. 2014-yilning noyabr oyida Kobulda ketayotgan konvoyga qilingan xudkushlik hujumi oqibatida Shukria Barakzai yaralanadi. Hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ladi, yana 17 kishi turli darajada jarohat oladi[10].

2021-yilda Kobul qulaganidan keyin Shukria Barakzai Afg‘onistondan qochib ketadi[11].

Qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilga qadar yuzlab nashrlar va oʻnlab radiostansiyalarning rivojlanishi yo'lida sharoit yaratib berishda xalqaro hamjamiyatning ularni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirar ekan, Barakzai AQSh siyosatining asosiy qismi boʻlgan qurolli guruhlar va qonunbuzarlarning qoʻllab-quvvatlanishini qoralaydi. Umrining ko‘p qismini Kobulda o‘tkazgan bo‘lsa-da, Barakzai poytaxt haqiqatda butun mamlakatda kechayotgan vaziyatni ifodalamasligini tan oladi va afg‘onlar duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarda faqatgina Tolibonni ayblashdan bosh tortadi: “Afg‘oniston haqida gapirganda, mamlakatdagi barcha sharoitlarni muhokama qilishimiz kerak. Ahvoli juda yomon bo‘lgan ko‘plab viloyat va qishloqlarda Tolibon rejimidan oldingi davr, Tolibon davri va bugungi kun o‘rtasida hech qanday farq yo‘q”, deydi. U AQSh prezidenti Barack Obamaning qo'shinlarni ko'paytirish rejasiga qarshi bo'lib, shuncha askar o'rniga undan 30 000 olim yoki muhandis so'raydi[12]. Dastlab Barakzai 2014-yilda Afg‘oniston prezidentligiga o'z nomzodligini qo‘yish niyatida bo'ladi[13], o'sha vaqtda uning yoshi konstitutsiyada belgilangan qoidalarga ko'ra, 40 yoshdan oshgan edi, biroq Barakzai keyinchalik prezidentlikka nomzodligini qo'ymaydi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda World Press Review (Worldpress.org) Shukria Barakzaini "Yilning eng yaxshi xalqaro muharriri" deb e'lon qilgan bo'lsa[14], 2005-yilning dekabr oyida BBC Radio 4 ning "Woman's Hour" dasturi tomonidan "Yil ayoli" deb topilgan[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Ambassador H.E. Ambassador Shukria Barakzai“. Embassy of the Islamic Republic of Afghanistan, Oslo, Norway. Qaraldi: 2018-yil 27-may.
  2. „Annexes by country (A-F)“, The world health report 2005 - make every mother and child count, World Health Organization, November 25, 2005da asl nusxadan (PDF) arxivlandi
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named womensenews.org
  4. Ebadi. „Women & Power in Central Asia (Part 4): Roundtable On The Tajik, Afghan, and Iranian Experiences“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2005-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  5. „Afghans hope tech embrace could help quell violence“. CTV news. Associated Press (2009-yil 3-mart). 2009-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Mojumdar. „New Face of Afghan Politics“. Boloji (2005-yil 9-oktyabr). 2010-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  7. Jason Staziuso. „Afghan tech boom: Mullah embraces iPhone“. Associated Press (2009-yil 3-mart). 2009-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-mart.
  8. Clancy Chassay. „Acid attacks and rape: growing threat to women who oppose traditional order: Female MPs speak out as conditions worsen and Islamists gain respectability“. The Guardian (2008-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 8-iyul.
  9. „The Media Report“. Australian Broadcasting Corporation (2006-yil 22-iyun). Qaraldi: 2009-yil 8-iyul.
  10. „Afghan woman MP survives car attack“. BBC News (2014-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 16-noyabr.
  11. „'I Feel Great Pain': How A Former Afghan Female Legislator Escaped The Taliban“. RFE/RL. 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  12. Anand Gopal. „Many in Afghanistan oppose Obama's troop buildup plans“. Christian Science Monitor (2008-yil 2-mart). 2009-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan.
  13. "Successful Afghan politician still victim of tradition", 8 March 2009 Taipei Times
  14. „International Editor of the Year Award“. Worldpress.org. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  15. Women of the Year: Shukria Barakzai, BBC Radio 4.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikiomborda Sitora Oblakulova/Shukria Barakzai mavzusiga oid fayllar bor

[[Turkum:21-asr afgʻon siyosatchilari]] [[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:1972-yilda tugʻilganlar]]