Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:ShNajimova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Frank Bailey

Bailey in 1955
Tavalludi
Frank Arthur Bailey

26-noyabr 1925-yil
Vafoti 2-dekabr 2015-yil(2015-12-02)
(90 yoshda)
Turmush oʻrtogʻi
  • Isabella Maven
    (Sana mavjud emasajrashgan)
  • Josie Munro
    (Sana mavjud emasajrashgan)
  • Joy Greenall
    (Sana mavjud emasajrashgan)
Bolalari 3

Frenk Artur Beyli (1925-yil 26-noyabr - 2015-yil 2-dekabr) gayanalik-ingliz o't o'chiruvchisi va ishchichi bo'lib, Buyuk Britaniyadagi birinchi qora tanli o't o'chiruvchilardan biri sifatida tanilgan.

Beyli Britaniya Gvianasida tug'ilgan. U dastlab nemis savdo kemasida ishlagan, bu esa uni keyinchalik Nyu-Yorkka ko'chib kelishiga sabab bo'lgan. U Nyu-Yorkga kelgach, kasalxonada ish topib, tibbiy yordamchi sifatida ishlagan. U irqiy segregatsiya harakatlariga qarshi bo'lgan. 1953-yilda Beyli Londonga ko'chib kelgan va o't o'chirish brigadalari ittifoqi (FBU) vakili bilan tanishgan. U Beyliga qora tanlilar "o'qimagan yoki yetarlicha kuchli emas"ligi sababli yong'in xizmatida ishlay olmasligini aytdi. Biroq Beyli bu haqida e'tiroz bildirib, ariza yozgan. 1955-yilda u ishga qabul qilingan va Buyuk Britaniyadagi ilk qora tanli o't o'chiruvchilardan biriga aylangan. Ammo oradan 10 yil o'tgach, xizmatdagi irqchilik tufayli, doimiy ravishda lavozimga ko'tarilish bo'yicha rad javobi olgach, ishini tark etgan. Keyinchalik u ijtimoiy ishchi, vasiy va yuridik maslahatchi bo'lib ishlagan va 1990-yilda nafaqaga chiqqan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frank Artur Beyli 1925-yil 26-noyabrda Britaniya Gvianasida tug‘ilgan va mahalliy cherkov maktablarida ta’lim olgan[1][2][3]. U bir muhandisga shogird tushgan va nemis savdo kemasida ko'mir yoquvchi sifatida ishlagan. Bu uni Nyu-Yorkka, Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tishga olib kelgan. U bu yerda kasalxonadan ish topgan va dastlab fizioterapiya bo'limida tibbiy yordamchi sifatida ishlagan. U bundan oldin yuk tashuvchi bo'lib ishlagan. Kasalxonada u irqiy segregatsiya mavjud bo'lgan ovqatlanish joylariga qarshi muvaffaqiyatli chiqishlarni olib borgan[2].

1953-yilda, Britaniya Gvianasiga qaytganidan ko'p o'tmay, Beyli Londonga, Angliyaga ko'chib o'tgan. U Kasaba uyushmalari Kongressi konferentsiyasida qatnashgan va u yerda O't o'chiruvchilar uyushmasi (FBU) vakili qora tanli odamlar "o'qimagan yoki yetarlicha kuchli" bo'lmagani uchun yong'in xizmatida ishlamasligini aytgan. Lekin u o't o'chiruvchi sifatida ularga ariza bilan murojaat qilgan. 1955-yilda u West Ham o't o'chirish brigadasi tomonidan qabul qilingan va Sharqiy Londondagi Silvertown o't o'chirish stantsiyasida xizmat qilgan. U Londondagi, ehtimol, Buyuk Britaniyadagi birinchi qora tanli o't o'chiruvchi bo'lgan. Biroq, Ikkinchi Jahon urushi paytida qora tanli o't o'chiruvchilar xizmat qilgani haqida ba'zi ma'lumotlar mavjud. Ko'p o'tmay, u FBU filialining vakili bo'ldi va FBUning o'sha paytdagi bosh kotibi John Horner bilan do'stlashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ITV
  2. 2,0 2,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Guardian obituary
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Independent