Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:SevaraKamolova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻqitish metodi oʻqituvchilar tomonidan oʻquvchilarning oʻzlashtirishi uchun qoʻllaniladigan usul va prinsiplardir. Bu kabi strategiyalar qisman oʻqitilayotgan mavzuga binoan, qisman oʻquvchining oʻzlashtirish usuliga binoan tanlanadi. oʻqitish metodining aniq va samarali boʻlishi uchun oʻquvchi, uning oʻzlashtirish usuli katta ahamiyatga egadir.[1] Oʻqitish jarayoniga yondashuv esa oʻz navbatida oʻqituvchi yoki oʻquvchi rahbarligida kechishi mumkin. Oʻqituvchi rahbarligida oʻtadigan darslarda muallim va muallimalar asosiy boshqaruvchi shaxs boʻlib, oʻquvchilarning vazifasi boʻlsa hech narsa qilmasdan leksiya yoki toʻgʻridan-toʻgʻri maslahat shaklida berilgan maʼlumotni qabul qilishdir. Bu yondashuvda taʼlim berish hamda baholash alohida mustaqil birliklar sifatida qaralib, oʻqituvchi bilim va maʼlumotni oʻquvchilariga yetkazib berishga mas’uldir. Oʻquvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichi xolisona tekshirilgan testlar orqali aniqlanadi. [2] . Oʻquvchi rahbarligida oʻtadigan dars jarayonlarida esa oʻqituvchilar hali ham boshqaruvchi oʻrnida tursa ham, oʻquvchi va oʻqituvchilar nisbatan teng faol ishtirok etishadi. Oʻz oʻrnida bu yondashuv boʻysinturuvchi deb ham nomlanadi.[3] Oʻqituvchining bosh kasbiy vazifasi koʻrsatma berish bilan bir qatorda yordam berish sifatida saqlanib qoladi. Oʻquvchining oʻzlashtirish darajasi esa ham rasmiy, ham norasmiy shakldagi baholash orqali olib borilib, guruh mashgʻulotlari, oʻquvchi portfoliosi, shu bilan birga dars davomida ishtirokini oʻz ichiga oladi. Oʻquvchi rahbarligi ostida kechadigan bu kabi taʼlim metodining biz yuqorida taʼkidlagan usuldan asosiy farqi shundaki, bunda baholash hamda oʻqitish oʻzaro bogʻlangan boʻlib, talaba doimiy ravishda baholab boriladi.

Sharh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng asosiy oʻqitish metodi, albatta, izohlab tushuntirib berishdir. Izohlash biror debat, muloqot va muhokamaning maqsadini tushuntirib berishda qoʻllaniladigan vosita sifatida taʼriflanadi. Izohlashning asosiy maqsadi obyekt va ish-harakat yoki taʼlim hamda metod oʻrtasidagi farqni saqlagan holda atamaning maʼnosini aniqlashtirib berish, unga oydinlik kiritishdir. Oʻqish va oʻzlashtirish mobaynida kiritilgan sharhlar nafaqat oʻqituvchilar, balkim oʻrganuvchilar tomonidan ham keng miqyosda foydalanilib, ikki tomon uchun ham tushunishni osonlashtiradi.

  1. Westwood, P. (2008). What teachers need to know about Teaching methods. Camberwell, Vic, ACER Press
  2. „Teaching Methods“. Teach.com. Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
  3. "How teachers respond to school bullying: An examination of self-reported intervention strategy use, moderator effects, and concurrent use of multiple strategies". Teaching and Teacher Education 51: 191–202. 2015. doi:10.1016/j.tate.2015.07.004. ISSN 0742-051X. http://dx.doi.org/10.1016/j.tate.2015.07.004.