Foydalanuvchi:Qodirali656/Xandaq jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XANDAQ JANGI — Muhammad (sav) paygʻambar tarafdorlari (300 kishi) tomonidan Madinani makkaliklardan himoya qilish janglaridan (627-yil.) biri. Makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askari bilan Madinani qamal qilgan. Sahobalardan biri eronlik Salmon alForsiy (655-y. v. e.)ning maslahatiga koʻra Muhammad paygʻambar shu paytgacha arablarga nomaʼlum boʻlgan, biroq forslarga maʼlum boʻlgan jang usullaridan biri — xandaq qazishga buyurgan. 3 haftalik qamaldan soʻng Abu Sufyon qoʻshini chekinishga majbur boʻlgan. Bu jang islom tarixida Xandaq jangi deb nom olgan.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/x/xandaq-jangi/