Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Qusar tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qusar
tuman
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Hokim Shoir Alxasov
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
 (2011)
90 438[2][3]
Zichligi 55 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar
Telefon kodi 994 23
Pochta indeks(lar)i AZ 3800
Avtomobil kodi 38

Qusar tumani (lezg. КцIар район) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy hududlardan biri. Maʼmuriy  markazi Qusar shahridir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qusar — „otliq qoʻshin turi“ maʼnosini beradi. İlk bor Qusar nomi Mojarıstonda 1458- yilda ishlatilgan. Rossiyada esa 1917-yilda bu  soʻz muomalada boʻlgan. Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga koʻra, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan ashyolar, bu kunga qadar saqlanib qolgan baʼzi obidalar va qoʻrgʻonlar Qusar rayoni  qadimgi yashash manzilohlardan biri boʻlganligidan darak beradi. Qusar rayoni yashash manzilgohining  e.a. II mingyilliklarda mavjud boʻlganini olimlar taxmin qilishadi. Bu yerda mavjud boʻlgan qadimiy yashash maskanlaridan e.a. I mingyillikka oid Mahmudtepa (Gadozeyxur), Minsar tepaliklari, Gavdishan tepaligi (Badirqal’a), bronza davriga oid Qafla tepaligi, oʻrta asrlarga  oid Qızılgul va Agʻaxon tepaligi (Ashagʻı Lagar), Qalaxoʻr tepaliklari (Hazra) va boshqalarni koʻrsatish mumkin.

Hozırgi Qusar rayonining hududi  1840-yilda Quba tarkibidagi Xazar viloyatiga tegishli boʻlgan. 1846-yilda uning hududi Darband guberniyasınıng tarkibiga, 1860-yilda esa Baku guberniyası tarkibiga kiritilgan. 1929-yilda Quba mintaqasi bir necha rayonlarga boʻlindi va markazi Hil kenti boʻlgan hozirgi Qusar rayoni tashkil etildi. Qusar rayonining tashkil etilish rasmiy sanasi 1930- yil deb koʻrsatilgan. 1934-yilda rayon markazi Qusarga koʻchirilgan boʻlib 1938-yildan unga shahar maqomi berilgan.[4]  1963-1965-yillarda bekor qilingan  Xachmaz rayonining bir qismi  Qusar rayoni tarkibiga berilgan.[5]

Etimologiyası[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qusar toponimining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud.

Baʼzi mualliflar Qusar toponimini Rossiyaning 1783-1784-yillarda rayonning hududida joylashgan Qusar otliq askarlari bilan aloqador sifatida bogʻlaydilar. Bu vaqtda „qusar“ soʻzi rus tilida  „mojar formasini kiygan otliq qoʻshinlari“ maʼnosida ishlatilgan.

Qusar soʻziga A.Bakıxanovning „Gulistoniy-Eram“ asarida duch kelamiz. Asarda 1602-yil hodisalari haqida soʻz yuritalganda Qusar kentining nomi tilga olib oʻtilgan.

Boshqa bir mulohazalarga koʻra esa Qusar soʻzi qus/quz (qadim turk qabilasi) va ar (odam, kishi, erkak) qismlaridan tashkil topgan  „quzlik kishi“ maʼnosida ishlatilgan.[4]

Strabon va Heredotning maʼlumotlariga koʻra esa hozirgi Qusar hududida „kas“ qabilalari yashagan. Keyinchalik „kasar“ (kaslar) „ktsar“  shaklida deformasiyaga uchragan.

Baʼzi mualliflar esa Qusar soʻzini „gutsar“ (Lazgi tilida „гъуцар“ „Tangrılar“ maʼnosını anglatadi) soʻzi bilan aloqador deb keltiradilar.

Geografik joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qusar rayoni geografik joylashuviga koʻra Ozarbayjonnıng „Shimoliy darvozasi“ hisoblanadi. Ozarbayjonnıng shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Qusar rayonining maydoni 1542 km2 ni tashkil etadi. Rayon hududi tarkibiga 1 shahar (Qusar), 1 shaharcha (Samur), 88 kent (qishloq) kiradi. Qusar rayoni  sarhadlarining uzunlugi 255 km. Uning 170 km-ini quruqlik, 45 km-ini esa suv (Samurdaryo va Qusardaryo) tashkil etadi. Rayon shimoli-gʻarbdan Rossiya Federasiyası (Dogʻıston)(95 km), shimoli-sharqdan Xachmaz rayoni (65 km), janubi-sharqdan esa Quba rayoni (70 km), janubi-gʻarbdan esa  Qabala rayoni (25 km) bilan chegaradoshdir. Markazi Qusar shahri hisoblanadi. Janubi-gʻarbiy qismi togʻlik, markazi tekislik, shimoli-sharqiy qismi Samur-Davachi vodiysi hisoblanadi. Rayonning janubi-gʻarbiy chegarasi Bosh Kavkaz togʻ tizmalari bilan tutashib ketgan. Hududning balandligi 100 metrdan 4466 metrga qadarga choʻzilgan. Respublikadagi muzliklarning kattagina qismi Qusar rayoni hududida joylashgan. Samur va Qusardaryo daryolari Qusar rayoni hududidan oqib oʻtib, u asosan qor va muzliklardan toʻyinadi. Rayonning Xazar dengizi bilan chegarasi yoʻq. Xazargacha boʻlgan masofasi 15 kmni tashkil etadi.

Relyefi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qusar rayoni Buyuk Kavkaz togʻlarining etaklarida, Qusar qiyalik tekisliklarida joylashgan.  Ozarbayjonnıng eng baland nuqtalari Bazarduzi (4466 m) va Shohtogʻ (4242 m) hisoblanadi. Shuningdek, mashhur Shohnobod platosi ham Qusar rayoni hududida joylashgan. Samur-Absheron kanalı, Qusardaryo, Samur daryosi, shuningdek Rossiyaga ketadigan bosh  avtomobil magistralı rayon hududidan oʻtadi.

Rayonning shimoliy chegarasi Samur daryosi, shimoli-gʻarb, gʻarb va janubi-gʻarbiy sarhadlari Buyuk Kavkaz togʻ tizmalari, janub sarhadlari esa Qusardaryo vodiysiga tutashib ketgan. Sharq tomondan sarhadlari Qusar tekisligi bilan Şollar tekisligiga qadar boʻlgan hududga choʻzilib ketgan.

İqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjonda mavjud boʻlgan 9 iqlim turidan 4 tasini  Qusar rayoni hududida uchratish mumkin. İqlimi tekislik  va togʻoldi qismida  iliq, baland togʻli qismida sovuq va tumanlidir. Oʻrtacha temperatura yanvarda tekislikda 1 °C, baland togʻli qismida −14 °C, iyulda 24 va 2 °Cni tashkil etadi. Yillik yogʻin miqddori 350-1500 mmdir. Rayon hududi tabiiy resurslarga boy. Bu yerda qalin oʻrmonlar koʻp. Oʻrmonlarda eman, qayragʻoch, dub, grab va boshqalar uchraydi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisining aksariyatini (91 %) lezginlar tashkil etadi. Rayonda son jihatidan ikkinchi oʻrinda ozarbayjonlilar(9 %) turadi.

Etnik guruhlar Soni, 2009 r.o.[6] Nisbati, 2009 r.o.[6]
Jami 87 857 100.00 %
lezgin 79 629 90.63 %
ozarbayjon 7 956 9.06 %
turk 102 0.12 %
rus 87 0.10 %
xınalıq 20 0.02 %
qrız 11 0.01 %
tatar 8 0.01 %
ukrayin 7 0.01 %
boshqa 37 0.04 %

İqtisodiy xarakteristikası[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yildan Qusar rayoni hududida  Shohtogʻ Qısh-Yoz Turizm Kompleksining qurilish ishlari boshlangan. Kompleks bir martaga 5 ming nafar turistni qabul qila oladi. 2006-yilda eʼlon etilgan  tenderda Turkiyaning DİA Holdinq shirkati gʻolib boʻlgan.[7]

Taniqli shaxslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aliya Ramazonova — Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist, raqqosa
  • Asaf Mehman — bastakor, shoir, nosir va dramatur, Dogʻıston xalq artisti
  • Chingiz Qurbanov — Ozarbayjonning Milliy Qahramonı
  • Akbar Farzaliyev — Ozarbayjonning kino aktyori
  • Aliyor Alimirzayev — Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan rassomı
  • Komil Aydazoda — Fizika-matematika fanlari  doktori, professor, AMEA-nıng muxbir aʼzosi, xizmat koʻrsatgan muallim
  • Kalantar Kalantarli — shoir, publisist, dramaturg, "Taraqqiuy medalı sohibi
  • Lazgi Neʼmat -shoir
  • Mahmud Abilov - harbiy xodim, general-mayor
  • Mirza Valiyev — Sovet İttifoqı Qahramonı
  • Nazim Huseynov — dzyudochi, Ozarbayjonning  ilk Olimpiya chempioni, oltin medal sovrindori, „Shuhrat“ ordeni sohibi
  • Seyfiddin Seyfiddinov — Dogʻıstonda  xizmat koʻrsatgan rassomı
  • Sadoqat Karimova — shoira, bastakor, dramaturg
  • Sulhiyat Hajıyeva — Rossiya Federasiyasıda  xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Dogʻıstonnıng xalq artisti
  • Shoir Ramaldanov — Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Harbiy Akademiyasınıng taʼlim-tarbiya boʻyicha sobiq raisi va akademiyanıng sobiq rais muovini, SBAning zahiradagi polkovnigi
  • Umar Ayyubov — bastakor, Dogʻıston xalq artisti

Madaniyat va taʼlim muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lermontovning uy muzeyi.

Ozarbayjon musiqasi oʻzining jozibadorligi va malohatli ohanglari bilan dunyoga tanilgan. Har bir hududning oʻziga xos musiqasi mavjud.

Bu jihatdan Qusarda ham musiqa ohang va uslubi bilan boshqalardan ajralib turadi. Oʻtgan asrning 60-yillaridayoq musiqaning ilmiy asoslarini oʻrganish va mahalliy kadrlarni tayyorlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Musiqaning inson hayotida tutgan oʻrni beqiyosdir. Qusar  rayonida musiqaga alohida eʼtibor qaratiladi. Maʼlumki musiqa insonga ruhiy jihatdan taʼsir qiladi. Bu yerda  isteʼdodli musiqachilarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Qusar shahrida 7 yillik musiqa maktabi Ozarbayjon SSSR  Madaniyat vazirligining  1960 yil 3 avgustdagi 596 nomerli qarori bilan tashkil etilgan. Shu qaror bilan Oqtoy Mammad oʻgʻli Allahberdiyev maktabning  ilk direktori hamda Tor ixtisosligi boʻyicha muallim lavozimiga tayinlandi.

Madaniyat vazirligining  1960 yil 3 avgustdagi 714 nomerli qarori bilan  „Fortapiano“ ixtisosligi boʻyicha muallim etib  Bachkova Lidiya İvanovna tayinlandi. Bu  Tor va Fortapiano ixtisosligi boʻyicha dastlabki musiqa maktabidir. İlk yillarda maktab uchun hozirgi Faxriddin Musayev koʻchasidagi bir vaqtlar madaniyat uyi sifatida faoliyat olib borgan bir qavatli yogʻochdan qurilgan binodan ikki xona ajratilgan. Keyinchalik madaniyat uyi  Haydar Aliyev prospektida hozirgi binosi joylashgan,  avvalari shahar mehmonxonasi boʻlgan manzilga koʻchirilgan.

Musiqa maktabi faoliyat koʻrsatgan dastlabki yillarda mahalliy kadrlar yetishmas edi. Chetdan kelganlar esa doimiy ishlamas edi. Shuning uchun 1967 yildan eʼtiboran taʼlim maskani rahbarlari ilk bitiruvchilardan Liza Akimova , Abdulkarim Seyidov, Baxtiyor Babayev, Tanya Sırıseva , Xanlar Valimatov , Vidadi Mammadov kabilarni Fortapiano va Tor ixtisosligi boʻyicha bir yil muddatga ishga jalb qilishdi. Musiqa taʼlimini oʻrta maktablarda bitirgan oʻquvchilarning aksariyati oliy va maxsus ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsilni davom ettirishni istar edi. Butun umrini musiqaga bagʻishlagan yoshlar oz emas edi.

Musiqa ilmiga qiziquvchilarning tobora ortib borishi natijasida yangi sanʼat binosiga ehtiyoj sezildi. Madaniyat vazirligi va rayon rahbariyatining tashabbusi bilan yangi musiqa maktabi binosi uchun Mammad Amin Rasulzodə koʻchasidan 6300 km² hudud ajratildi va ikki qavatli bino bunyod etildi.

Yangi bino zamonaviy moddiy-texnik asboblar bilan taʼminlandi. Bu yerda  garmon, doira, klarnet, chang, baraban kabi yangi yoʻnalishlar ochildi.  Shi bilan birga oʻqituvchi kadrlar saviyasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Buning uchun ularning  sirtqi taʼlim olishlari majburiy qilib qoʻyildi. Ular  Sumqayıt, Darband oʻrta ixtisoslashtirilgan maktablarda sirtdan tahsil olardilar.

Bakuda boʻlib oʻtadigan barcha tanlovlarda Qusar musiqa maktabi jamoasi muntazam ishtirok etardi.

Musiqa fanlari doirasida yangi yoʻnalishlar  (xoreografiya, rassomchilik) hisobıga  kengaygan bu musiqa maktabi 1984 yilning sentyabrıdan eʼtiboran „Sanʼat maktabi“ deb nomlandi.

Musiqaga havasmandlarning koʻp ekanligi, ota-onalarning murojaatlari oʻlaroq  Respublika Madaniyat vazirligining koʻrsatmasi bilan  1988 yilning sentyabrıdan boshlab Quxur  kentida Qusar Sanʼat maktabining filiali sifatida kechki boʻlimi ochildi.

Keyingi yillarda maktabda yangi fanlarning soni ortdi, yangi boʻlimlar ochildi. 1998 yilda  „Skripka“ sinfi tashkil etildi. 2008 yilda esə Ozarbayjon Respublikası Madaniyat va turizm vazirligi ruxsati bilan „Xonandalik“ boʻlimi ochildi.

Hozırda Qusar rayon bolalar Sanʼat maktabida  10 ta ixtisoslik boʻyicha 373 nafar oʻquvchi taʼlim olib, ularga  95 nafar oʻrta va oliy maʼlumotli muallimlar saboq beradi.

Musiqa hayotımızning ayrilmas va tarkibiy qismi boʻlib, insonlarning maʼnaviy ehtiyojlari uchun muhim oʻrin tutadi. Qusar Sanʼat maktabi bu sharafli yoʻlning boshida turibdi.

Moddiy-madaniy merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayon hududida bir qator tarixiy obidalar mavjud.  Rayonning Anigʻ qishlogʻida XIII asrga oid qal’a devorlarınıng qoldiqlari saqlanib qolgan. Shuningdek, Hazra qishlogʻidaki 1460-yilda Shirvonshoh I Xalilullohning qoʻshinlari bilan  urushda halok boʻlgan va shu yerda dafn etilgan Ardabil shayxi  Shayx Junaydin qabri ustida 1544-yilda bunyod etilgan maqbara, XVIII asrga oid Koʻhna Xudat, Xuray, XIX asrga oid Hil, Kunduzqal’a va Hasanqal’a masjidlari bugungi kunda davlat muhofazasiga olingan qadimiy tarixiy obidalar uning qadimiy maskanlardan biri ekanligidan darak beradi.

Fotosuratlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Umumiy ma’lumot. — Ozarbayjon Respublikasining ma’muriy hududiy birliklari - rayonlari (01.01.2006), 12 sahifa // Ozarbayjon Milliy Ensiklopediyası. 25 jildlik. Mas’ul kotib akademik T. M. Nag’ıyev. "Ozarbayjon" jildi. Baku: "Ozarbayjon Milliy Ensiklopediyası" Ilmiy markazi, 2007, 884 sahifa.
  2. Qusar Rayon İjro Hokimiyati: Rayon haqqında

    ...Rayon aholisining soni 2011 yil 1 noyabr ma’lumotiga ko’ra 90438 nafarni tashkil etadi...

  3. „Aholisi — Qusar Rayon İjro Hokimiyati. Qaraldi: 29 iyun 2015. Arxivlashtirilgan.
  4. 4,0 4,1 http://www.qusar-ih.gov.az/page/11.html
  5. Ozarbayjon Respublikasining İqtisodiyot vazirligining Regionlarni roʻyxatga olish va davlat dasturlari boʻlimi: Qusar tumani
  6. 6,0 6,1 Ozarbayjon Respublikasining Davlat Statistika Qoʻmitasi: Qusar tumani
  7. Qusar Rayon İjro Hokimiyati: Xabarlar: İlhom Aliyev Qusarda Shohtogʻ qısh-yoz turizm kompleksining qurilish ishlari bilan tanishdi---2011-09-23