Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/BUKEY O'RDASI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
   BUKEY O'RDASI
   Bukey o'rdasi ( ichki o'rda)-Rossiya imperiyasiga qaram qozoq xonligi ( 1812-47). Ural va Volga daryolari oralig'idagi yerlarda tashkil qilingan. Qozoq sultonlaridan Nuralixon 1749-yil Kichik juz (Kichik O'rda) ga xon bo'lgach, mamalakatda hokimiyat uchun ayovsiz urush boshlangan. Shunda Ashtarxon( Astaxon) kazak polki komandiri Popov taxtdan umidini uzgan Nuralixonning o'g'li Bukeyga Ural va Volga daryolari oralig'idagi dashlarga ko'chib uchun uchun chor hukumatidan ijozat so'rashni maslahat bergan. Keyin 1799-yil shunday qilgan. Rossiya imperatori Pavel I ruxsat bergach (1801), Bukey o'z tarafdorlari ( 5 ming o'tov, 22 mingdan ortiq kishi) bilan mazkur dashtlarga ko'chib o'tgan. 1812-yil cho'r hukumati Bukeyni xon etib tasdiqlagan. Bukey vafot etgach, ( 1815-yil), Bukey o'rdasini uning ukasi idora qilgan ( 1815-1823), undan keyin taxtga Bukeyning o'g'li Janger (1823-1845), so'ng Jangerning o'g'li Sohib Girey o'tirgan( 1845-1847).Sohib Girey vafot etgach, chor hukumati xonlik hokimiyatini bekor qilib(1848), Bukey o'rdasi boshqaruvini rus chinovniklaridan iborat Muvaqqat kengashga topshirgan.Bukey o'rdasi 1876-yil Ashtarxon ( Astraxan) guberniyasi tarkibiga qo'shib yuborilgan.