Foydalanuvchi:O'tkirvichZohir/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuba qirolligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuba Qirolligi, shuningdek, Bakuba yoki Bushongo Qirolligi sifatida ham tanilgan. Markaziy Afrikadagi anʼanaviy qirollikdir. Kuba qirolligi hozirgi Kongo Demokratik Respublikasining markazida Sankuru, Lulua va Kasai daryolari bilan chegaradosh mintaqada XVII-XIX asrlar orasida gullab yashnagan.

Kuba qirolligi bir necha kichik Bushongo tilida soʻzlashuvchi knyazliklarga boʻlinadi. Shuningdek, Kete, Coofa, Mbeengi va Kasai Tva Pigmeylarining konglomerati edi. Haligacha mavjud boʻlgan va qirol (nyim) tomonidan boshqariladigan qirollikka oʻn toʻqqiz turli etnik guruhlar kiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shyaam a-Mbul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirollik haqiqiy markaziy hokimiyatga ega boʻlmagan turli etnik guruhlarga boʻlingan boʻlib, bir nechta boshliqlarining birlashmasi sifatida boshlangan. Taxminan 1625-yilda Shyaam a-Mbul a Ngoong nomi bilan tanilgan hududdan tashqarida boʻlgan shaxs hudud hukmdorlaridan birining mavqeini egallab oldi va barcha boshliqlarni oʻz rahbarligi ostida birlashtirdi. Anʼanaga koʻra, Shyaam a-Mbul Kuba malikasining asrab olingan oʻgʻli edi. U gʻarbdagi Pende va Kongo qirolliklarida maʼrifat topish uchun Kuba mintaqasini tark etdi. Bu davlatlardan qoʻlidan kelgan barcha bilimlarni oʻrgangach, imperiyaning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy asoslarini shakllantirish uchun Kubaga qaytdi.

Yangi hokimiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuba hukumati xizmatga asoslangan unvon tizimiga qarab qayta tashkil etildi, ammo hokimiyat hali ham aristokratiya qoʻlida mustahkam qoldi. Kuba hukumatini Bushoong urugʻiga mansub nyim ismli qirol boshqargan. Qirol barcha Kuba kichik guruhlari sud kengashi oldida mas’ul edi, ular qirol oldida oʻzlarining elitalari tomonidan teng ravishda vakil edilar. Qirollikda konstitutsiya, saylangan siyosiy mansablar, siyosiy hokimiyatlarning boʻlinishi, sudlar va hakamlar hay’atidan iborat sud tizimi, politsiya kuchlari, harbiylar, soliqlar, muhim jamoat mollari bilan taʼminlangan va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlovchi harakatlar mavjud edi.</ref>[1]

Rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirollik rivojlangan sari qoʻshni xalqlar tomonidan oʻzlashtirilgan ilgʻor texnikalar hamda Amerikadan makkajoʻxori, tamaki, kassava va loviya kabi Yangi dunyo ekinlaridan foydalandi. Kuba juda boy boʻldi, natijada Kuba zodagonlari tomonidan katta sanʼat asarlari paydo boʻldi. Kuba shohlari saroy marosimlari uchun eng hayoliy asarlarni saqlab qolishgan va ular bilan birga dafn etilgan.

Kuba madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuba sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuba oʻzining raffiya naqshli matolari, tolali va bonuklu shlyapalari, oʻyilgan palma sharob stakanlari va kosmetik qutilari bilan mashhur hisoblanadi. Biroq ular nafis geometrik naqshlar, ajoyib matolar, urugʻlar, boncuklar va qobiqlarni oʻz ichiga olgan monumental dubulgʻa niqoblari bilan mashhur.

Kuba qutilar odatda qirrali qopqoqli kvadrat, yarim doira (baʼzan „yarim oy“ deb ataladi), toʻrtburchaklar yoki niqob shaklida boʻladi. Baʼzan ular rafiya, soch turmagi yoki marosim buyumlarini kesish uchun ustaralarni ushlab turish uchun ishlatganlar.

Tukula (Kuba tomonidan ikkiol deb ataladi) – maydalangan yogʻochdan yasalgan qizil kukun. Qizil rang Kuba goʻzallik kontseptsiyasi uchun juda muhim va shuning uchun raqslar va muhim marosimlar paytida yuz, soch va koʻkrakni bezashda, shuningdek dafn qilish uchun jasadlarni moylash uchun ishlatilgan. Tukula, shuningdek, rafiya matosini boʻyash uchun boshqa pigmentlar bilan aralashtiriladi.

Kuba dini va afsonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kubaliklar quyosh, oy, yulduzlar va sayyoralarni yaratgan Osmon Otasi Bumbaga ishonishgan. U ham Yer Ona bilan hayotni yaratdi. Biroq, bular birmuncha uzoqdagi xudolar edi,Kuba hayvonlar va boshqa narsalarni nomlagan Vut ismli gʻayritabiiy mavjudotga koʻproq eʼtibor qaratdi.[2] Vut birinchi inson va tsivilizatsiya olib kelgan.[3] Kuba baʼzan „Vut bolalari“ deb nomlanadi.[4]

  1. „BBC Inside Science Clean Air Strategy, Fast Radio Bursts and Kuba Kingdom“. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  2. Swarthmore article
  3. Birmingham Museum of Art. Birmingham Museum of Art : guide to the collection. [Birmingham, Ala]: Birmingham Museum of Art, 2010 — 74 bet. ISBN 978-1-904832-77-5. 
  4. University of Kansas Anthropology site[sayt ishlamaydi]