Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Nissa001/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dorothy Abbott
Tavalludi 16-dekabr 1920-yil
Vafoti 15-dekabr 1968-yil(1968-12-15)
(47 yoshda)
Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1946–1964
Turmush oʻrtogʻi Rudy Diaz 1949

Dorothy Abbott (1920-yil 16-dekabr – 1968-yil 15-dekabr) – amerikalik aktrisa.

Missuri shtatining Kanzas shahrida tugʻilgan Abbott filmlarga kirib kelishidan oldin tajriba orttirish maqsadida Little teatri spektakllarida rol ijro etgan[1].

Dorothy 1940—1960-yillar oraligʻida koʻplab filmlarda ikkinchi darajali rollarda suratga tushgan. Las Vegas shahridagi Flamingo nomli kazinoli mehmonxonada ishlagan va u yerda „oltin qoʻlli qiz“ nomi bilan tanilgan. U, shuningdek, „The Ford Television Theatre“ va „Leave It to Beaver“ teleseriallarida ikkinchi darajali rollarni, „Dragnet“ teleserialida esa serjant Jo Fridayning sevgilisi, Ann Baker rolini ijro etgan[2]. Aktrisa sifatida ish topa olmagan paytlarida, Abbott modellik hamda koʻchmas mulk savdosi bilan shugʻullangan[3].

Politsiyachi Rudi Diaz bilan boʻlgan turmushining tugaganidan tushkunlikka tushgan Abbott 1968-yil 15-dekabrda, 48 yoshga toʻlishidan bir kun oldin Los-Anjelesda oʻz joniga qasd qilgan[2]. Abbott Kaliforniya shtatining Uitter shahridagi Rose Hills Memorial bogʻida dafn etilgan[4].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Rol Izoh
1946-yil The Razor’s Edge Shouchi qiz
1947-yil Road to Rio Shouchi qiz
1948-yil If You Knew Susie Model
1948-yil Beyond Glory Bazm qizi
1948-yil Night Has a Thousand Eyes Oqsoch
1948-yil Words and Music Shouchi qiz
1948-yil The Paleface Ikkinchi darajali rol
1949-yil Take Me Out to the Ball Game Raqqosa
1949-yil Little Women Maktab oʻquvchisi
1949-yil Neptuneʼs Daughter Model
1949-yil Red, Hot and Blue Qirolicha
1949-yil Angels in Disguise Hamshira
1949-yil East Side, West Side Model
1950-yil Annie Get Your Gun Aravakash ayol
1950-yil Where Danger Lives Hamshira
1950-yil The Petty Girl Yoqimtoy qiz
1950-yil A Life of Her Own Model
1950-yil Copper Canyon Shouchi qiz
1951-yil His Kind of Woman Qarta oʻyinchisi
1951-yil My Favorite Spy Yoqimtoy qiz
1952-yil The Las Vegas Story Ofitsiant qiz
1952-yil Aaron Slick from Punkin Crick Shouchi qiz
1952-yil Skirts Ahoy! WAC
1953-yil The Caddy Kiyinish xonasidagi qiz
1953-yil A Virgin in Hollywood Darla Sloan
1953-yil Give a Girl a Break Chorine
1953–1954-yillar Dragnet Ann Baker 6 ta epizod
1954-yil Thereʼs No Business Like Show Business Shouchi qiz
1955-yil Itʼs a Great Life Asosiy raqqosa Epizod: „The Missing Husband“
1955-yil Love Me or Leave Me Raqqosa
1955-yil Rebel Without a Cause Hamshira
1956-yil Pardners Raqs zalidagi qiz
1956-yil Everything but the Truth Teleboshlovchi
1956-yil The Great Man Styuardessa
1956–1960-yillar The Adventures of Ozzie and Harriet Bir nechta rollarda 4 ta epizod
1956–1961-yillar The Adventures of Ozzie & Harriet Bir nechta rollarda 11 ta epizod
1957-yil Gunfight at the O. K. Corral Qizaloq
1957-yil Jet Pilot Qizaloq
1957-yil Jailhouse Rock Restorandagi ayol
1957-yil The Unholy Wife Ofitsiant qiz
1958-yil South Pacific Thanksgiving shousidagi hamshira
1958-yil Rock-A-Bye Baby Kotiba
1960-yil The Apartment Ofis ishchisi
1960-yil Pepe Qizaloq
1961-yil Bachelor in Paradise Ikkinchi darajali rolda
1961-yil Lover Come Back Brackett administratori
1962-yil Sergeants 3 Collingwood xonim
1962-yil That Touch of Mink Styuardessa
1963-yil Leave It to Beaver Walker xonim, Kotiba 2 ta epizod
1963-yil A Gathering of Eagles Josten xonim
1963-yil Palm Springs Weekend Radio operatori
1964-yil Quick, Before It Melts Feeley xonim
1964-yil Dear Heart Veronica Filmlardagi soʻnggi roli
  1. Lindeman, Edith. „Petty Girls Will Appear Here Today“. The Times Dispatch (1950-yil 13-sentyabr), s. 11. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  2. 2,0 2,1 Donnelley, Paul. Fade to Black: A Book of Movie Obituaries, 3, Omnibus Press, 2005-11-01 — 5-bet. ISBN 1-84449-430-6. 
  3. „The Private Life and Times of Dorothy Abbott“. glamourgirlsofthesilverscreen.com. Qaraldi: 2009-yil 28-avgust.
  4. Resting Places: The Burial Places of 14,000 Famous Persons, by Scott Wilson