Foydalanuvchi:Nazarova Munira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feng shui

Feng shui (xitoycha 風水, soz'ma soz' tarjima qilinganda feng "shamol" va shi "suv" degan ma'noni anglatadi). U fazoning ramziy rivojlanishi (tashkil topishi) bo'yicha Daosizm ta'limotini o'z ichiga oladi. Feng shui yordamida go'yoki uy qurishda yoxud dafn qilishda "qulay joyn"ni topish mumkin, deb ishoniladi.

Feng shui maqsadiga ko'ra, si (ba'zan chi shaklida ifodalanadi) energiyasining foydali oqimlarini izlash va ularni shaxsning manfaati uchun yo'naltirishdan iboratdir.

Feng shuining mistik da'volari haqiqiy ekanligiga ilmiy asos yo'q, shu bois ilmiy hamjamiyat feng shuini yolg'on ilm deb atashadi.

Feng shui tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustoz Yang Yi (xit.杨益) vaqtlar o'tib feng shuining asosiga aylangan ba'zi nazariyalarni ishlab chiqdi. Kinoya bilan aytganda, uning ta'limoti "Ajdahoni uni qidirish qiyin bo'lgan joydan topish" deb ataladi. Yang Yining ta'kidlashicha, yaxshi xo'jalikka, uyga yoki hududga egalik qilish uchun "ajdaho nafasi" o'ta muhim sanaladi. U afsonaviy jonivor nafasi ufurib turgan joylarni qanday his qilish mumkinligini tasvirlab berdi. Uning ilk kitobi "Xan Long Jing" (xit.撼龙经) "Ajdahoni uyg'otish san'ati" deb nomlangan bo'lsa, ikkinchi kitobi "Sing Nan Ao Yu" (xit.青囊奥语), uchinchi kitobi "I lun Szin" (xit.疑龙经) "Ajdaho hayratining qoidalari" nomi bilan nashr etilgan. Ularning barchasi "ajdarni qidirish" bo'yicha tavsiyalar beradi.

1986 yilda Amerika Qo'shma Shtatlarida feng shui bo'yicha dars bergan amerikalik Tomas Lin Yu (kelib chiqishi xitoylik bo'lgan) oddiy odamlar uchun ramziy (yoki ezoterik) feng shui deb ataladigan yangi ta'limot yaratib, feng shuini soddalashtirdi. U makonni muhabbat, boylik, bolalar, jinsiy ehtiyoj, pul, martaba va hokazo hududlarga ajratdi. Uning ta'limoti bo'yicha ma'lum bir ob'ektni ma'lum bir sektorga joylashtirish orqali inson makonni faollashtiradi, deb taxmin qilinadi.

An'anaviy feng shuining haykalchalar, tumorlar, totemlar va boshqa shu kabi sig'inish buyumlariga hech qanday aloqasi yo'q. Xitoy madaniyati va folklorining bu atributlari noto'g'ri feng shui deb ataladi. Biroq, faqat totem si energiya oqimlari bo'yicha koinot qonunlariga muvofiq tarqaladi, deb hisoblanadi.

U yoki bu ta'sir kuchlarini majoziy shakl-shamoyil, rang va boshqalar orqali shakllantirish xitoycha energiya unsurlari: olov, suv, yer va havo tufayli jonlantitiriladi.

Bundan tashqari, feng shui "sevgi", "boylik", "oila", "salomatlik" deb ataladigan makonlardan foydalanmaydi. Har bir uyning energiyasi vaqt va makon nisbati yordamida individual ravishda hisoblanadi. Ikkita bir xil uy va ikkita bir xil odam yo'q, chunki Yer sayyorasining har bir nuqtasining va har bir insonning o'ziga xos xususiyati bor.

Feng shui tushunchasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feng shui uylar, xonalar va hovlilar orqali si (shamolga o'xshash) energiya oqimining mavjudligini o'z ichiga oladi. Energiya hamma narsaga – insonga, tabiatga va narsalarga ta'sir ko'rsatadi, faqat buning uchun insonning yoki makonning manzili aniq bo'lishi kerak. U inson va vaqtga bog'liq emas, shu sababli ham samoviy taqdir (samoviy baxt) deb ataladi.

Yer energiyasi Yerning o'zi o'zgarganda o'zgaradi. U vaqt va makonda uyg'un yoki uyg'un bo'lmagan tuzilmalarni yaratishi mumkin. Energiya tamoili jihatdan nomoddiy bo'lganligi sababli, "zararli si"ni uyga kiritmasligining imkoni yo'q. Ammo eshiklar, mebellar va boshqa kerakli narsalarning joylashuv o'rni o'zgarsagina, zararli oqimlarning kirib kelish holatlari kuzatilishi mumkin. Yoki bu o'rinda ushbu buyumlarning to'g'ri joylashuv nuqtasini topish talab etiladi. Salbiy feng shuining oldini olishning ma'lum qoidalaridan biri bu – harakatsizlikdir. Agar harakat bo'lmasa, unda ta'sir qiluvchi unsur ham bo'lmaydi.

Ammo, inson taqdirini (inson baxtini) yaratishda, Feng Shui tushunchasi bo'yicha si energiyasi uchun turg'unlik joylarini yaratmaslik tavsiya etiladi, bunday joylar sarasiga uy burchaklari, uzun o'tish yo'laklari va didsiz mebellar kiradi. [1]

  1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D1%8D%D0%BD%D1%88%D1%83%D0%B9#cite_note-1, Фэншуй, 5 октября 2022, Wikipedia®