Foydalanuvchi:Navruz1202/Gravyura haqida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GRAVYURA (frans. gravure, graver — oʻyish) — biror qattiq: metall, yogʻoch va b. yuzasiga oʻyib tasvir ishlash sanʼati, grafika turi. Shu usulda ishlangan asar va undan bosma usulida koʻchirilgan nusxa ham Gravyura deb ataladi. Zamin tasvirdan maxsus asboblar yoki kimyoviy vositalar yordamida oʻyib (2—5 mm) chuqurlashtiriladiʻ, shu tarzda boʻrtma tasvir hosil qilinadi, bu usul koʻproq yogʻoch (ksilografiya) va linoleum (linogravyura)tn foydalanilganda qoʻllaniladi; tasvir zamindan chuqurlashtirilib oʻyma tasvir hosil qilinadi, bu usul asosan metall (mis, jez, rux va b.) plastinalardan foydalanilganda (G. ning birbiridan farq qiluvchi akvatinta, messotinto, ofort, quruq igna va b. turlarida) qoʻllaniladi. Gravyura bir xil boʻyokda, shuningdek, turli rangdagi boʻyoqlarda boʻyalishi, undan koʻplab nusxa koʻchirilishi, ifoda imkoniyatlarining kengligi bilan ahamiyatlidir. Mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan dastgoh G. si (estamp) va kitob, gazeta, jurnallarda bezak (illyustratsiya) vazifasini oʻtaydigan kitob G. si keng rivojlangan. Gravyuraning vujudga kelishi va rivoji hunarmandlikning taraqqiyoti bilan bogʻliq: yogʻoch Gravyura matolarni boʻyash, gul bosishda, metall Gravyura esa zargarlikda qadimdan keng qoʻllanilgan. Dastlab Xitoyda qogʻozga Gravyura koʻchirish (6—7-a. lar) paydo boʻlgan, Yevropada 14—15-a. larda rivojlangan (qoʻlda boʻyalgan diniy mazmundagi Gravyuralar monastirlarda sotilgan). Rossiyada 16-a. dan maʼlum boʻlgan. Rembrandt, F. Goyya, I. Ye. Repin va b. mashhur sanʼatkorlar Gravyuraning ajoyib namunalarini yaratgan.

Oʻzbekistonda V. Kaydalov, K. Basharov, A. Siglinsev, N. Xolikrv va boshqalar Gravyurada asarlar yaratgan.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/g/gravyura/