Foydalanuvchi:Navruz1202/Glitseridlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GLITSERIDLAR, atsilglitserinlar — glitserin bilan organik yoki mineral kislotalarning murakkab efirlari. Molekuladagi kislota qoldigʻiga qarab mono-, di — va triglitseridlarga boʻlinadi. Glitseridlarda izomerlar mavjud boʻlib, bu ular tarkibiga kiruvchi qoldiqlarning joylashuviga bogʻliq. Anorganik kislotalar glitseridlaridan nitrat kislota triglitseridi — nitroglitserin katta ahamiyatga ega. Karbon kislotalarning Glitseridlari oʻsimlik va hayvon yogʻlarining tarkibiy qismidir. Ular tegishli karbon kislotalarni glitserin bilan eterifikatsiyalab olinadi.

Stearin, olein, palmitin kislotalarning Glitseridlari oziq-ovqat yogʻlarining emulgator va stabilizatori, turli kremlar, plastifikatorlar va surkov moylari, sovun olishda xom ashyo sifatida qoʻllaniladi. Nitroglitserin shifobaxsh dori hamda portlovchi moddalar komponentidir.

Manbalar

https://qomus.info/oz/encyclopedia/g/glitseridlar/