Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Nargiza Rajabova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

UDK: 615.035.1:616.5:616-006

Rajabova Nargiza Xalimovna*, Suyunov Nizom Davurovich

OʻPKA SARATONI KASALLIGINI DAVOLASHDA QOʻLLANILADIGAN DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAHLILI

Toshkent farmatsevtika instituti *e-mail: nargiza-rh@mail.ru

Tadqiqotda oʻpka saratoni kasalligini davolashda qoʻllaniladigan dori vositalarining assortimentini va bemorlarning dori vositalari bilan taʼminlanishini oʻrganish maqsadida, onkologik kasalliklarning tashhislash va davolash standartlari asosida, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston hamda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining asosiy dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari tahlili amalga oshirilgan. Ushbu izlanish natijalaridan shifokorlar, farmatsevtlar, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar va distribyuterlar foydalanishlari mumkin.

Tayanch iboralar: saraton, oʻpka saratoni, dori vositalari, asosiy dori vositalari roʻyxati, xalqaro patentlanmagan nomi, davolash standarti, dinamika, tahlil.


Rajabova Nargiza Khalimovna*, Suyunov Nizom Davurovich

ANALYSIS OF MEDICINES ASSORTIMENT USED IN THE TREATMENT OF LUNG CANCER

Tashkent pharmaceutical institute *e-mail: nargiza-rh@mail.ru

The study analyzed medicines registered in the Republic of Uzbekistan, included in the list of essential medicines of Uzbekistan and the World Health Organization, based on the standards for the diagnosis and treatment of oncological diseases, to study the range of medicines used to treat lung cancer and drug supply to patients. The results of this study can be used by physicians, pharmacists, pharmaceutical companies and distributors. Key words: cancer, lung cancer, drugs, list of essential drugs, international non-proprietary name, treatment standard, dynamics, analysis.

Oʻpka saratoni oʻlim bilan tugaydigan saraton kasalliklaridan biri boʻlib, kasallikni davolash onkologiya sohasida dolzarb muammolardan biridir.

2020 yil dunyoda oʻpka saratoni kasalligiga tashhis qoʻyish chastotasi va saratondan oʻlimning yuzaga kelishi boʻyicha bemorlarda 10 ta holatning 1 tasida va har 5-oʻlim holatida kasallik kuzatilgani aniqlangan. Ushbu kasallik umumiy saraton kasalliklari orasida ikkinchi oʻrinda, jins boʻyicha erkaklarda yuqori, saraton kasalliklari natijasida yuzaga kelgan oʻlim holatlari boʻyicha ham etakchi oʻrinni egallagan. Ayollarda esa bu koʻrsatkich koʻkrak bezi saratoni va kolorektal saratonidan keyin 3-oʻrinni egallaydi [2]. Statistika maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda soʻnggi 5 yilda oʻsma kasalliklari soni 3 000 nafar bemorga koʻpayganligi, yaʼni 100 000 aholiga nisbatan birlamchi aniqlangan bemorlar soni 2015 yilda 67 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, 2019 yilda 74 nafarni tashkil etgan. [1, 14]

Tadqiqotning maqsadi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onkologik kasalliklarning tashhislash va davolash standarti asosida, oʻpka saratoni kasalligida qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Respublikasida qayd etilgan hamda asosiy dori vositalari roʻyxatida keltirilgan dori vositalari assortimentini oʻrganish.


Usul va uslublar. Tadqiqotda kontent tahlil, guruhlash, qiyosiy, statistika tahlili usullaridan foydalanildi.

Tajriba qismi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021 yil 25-sonli Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika Davlat Reestri"ning maʼlumotlari [11] asosida oʻpka saratonida qoʻllaniladigan dori vositalari tahlili, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2021 yil 30 noyabrdagi 273-sonli buyrugʻi bilan „Onkologik kasalliklarning tashhislash va davolash standartlari“ tasdiqlangan, standartda oʻpka saratonining mayda hujayrali va mayda hujayrali boʻlmagan turini aniqlash va davolash turlari keltirilgan dori vositalari boʻyicha amalga oshirildi [3, 13].

Asosiy dori vositalari roʻyxatidan tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda, xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda, xodimlarni uni toʻgʻri qoʻllashga oʻrgatish, mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalarini ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirishda, asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi [10].

Tahlilning birinchi bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri buyruqlari asosida tasdiqlangan „Asosiy dori vositalari roʻyxati“dagi oʻsmaga qarshi dori vositalari soni oʻrganildi va ularni yillar boʻyicha oʻzgarish dinamikasi tahlil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2009 yil 24 iyuldagi 230-sonli buyrugʻi ilovasida keltirilgan oʻsmaga qarshi dori vositalari 31 ta, 2011 yil 30 dekabrdagi 342-sonli buyrugʻi ilovasida keltirilgan oʻsmaga qarshi dori vositalarining soni 35 ta, 2013 yil 27 dekabrdagi 443-sonli buyrugʻi ilovasida keltirilgan oʻsmaga qarshi dori vositalarining soni 33 ta, 2016 yil 11 yanvardagi 28-sonli buyrugʻi ilovasida keltirilgan oʻsmaga qarshi dori vositalarining soni 34 ta, 2018 yil 20 iyuldagi 41-sonli buyrugʻi ilovasida keltirilgan oʻsmaga qarshi dori vositalarining soni 35 ta, 2021 yil 25 fevraldagi 2-sonli buyrugʻi [5, 6, 7, 8, 9, 10] ilovasida keltirilgan oʻsmaga qarshi dori vositalarining soni 40 tani tashkil etgan.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri buyruqlari bilan tasdiqlangan „Asosiy dori vositalar roʻyxati“ tarkibidagi oʻsmaga qarshi dori vositalari 2009 yilda 31 ta dori vositasi kiritilgan boʻlsa, 2021 yilda roʻyxatga 40 ta dori vositalari kiritilgan, bunda oʻsish dinamikasi 29 % ni tashkil qildi.

2. Oʻsmaga qarshi antimetabolitlardan tegafur 2018, 2021 yillar, sitostatistik taʼsir qiluvchi alkaloidlardan vinkristin sulfat 2016, 2018 yillarda, vinblastin 2016, 2018, 2021 yillar, antiandrogenlardan siproteron atsetat 2021 yilda, suyak rezorbsiyasi ingibitorlaridan klodronat natriy 2018, 2021 yillarda, immunosupressorlardan azatioprin 2013, 2016, 2018, 2021 yillardagi asosiy dori vositalari roʻyxatida mavjud emasligi aniqlandi. Target dori vositalaridan rituksimab, bevazitsumab, setuksimab dori vositalari 2018, 2021 yillarda, sitostatistik taʼsir qiluvchi alkaloidlardan vinkristin sulfat, immunodepressantlar guruhiga kiruvchi totsilizumab, immunosupressorlardan mikofenol kislotasi va retinoidlardan izotretinoin, atsitretin dori vositalari 2021 yildagi roʻyxatga kiritilganligi aniqlandi.

3. 2021 yil 25-sonli Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida roʻyxatdan oʻtgan, oʻpka saratoni kasalligini davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar boʻyicha tahlil qilganda, eng koʻp Hindiston davlatida 10 xil xalqaro patentlanmagan nomi bilan 39 ta savdo nomdagi dori vositalari roʻyxatdan oʻtgan, bu umumiy assortimentning 51 % ini tashkil etadi.

4. Avstriyada ishlab chiqarilgan oʻsmaga qarshi dori vositalar 7 ta savdo nomda 7 xil xalqaro patentlanmagan nomi bilan qayd etilgan va u umumiy assortimentning 9 % ini, Buyuk Britaniya va Qozogʻiston davlatlarida 5 xil xalqaro patentlanmagan nomdagi 5 tadan savdo nom bilan oʻsmaga qarshi dori vositalar roʻyxatdan oʻtgan, bu umumiy assortimentning 6 % dan ulushlarini tashkil etgan.

5. Oʻzbekiston Respublikasida 2 xil xalqaro patentlanmagan nomdagi 2 ta savdo nom bilan (Erlotinib gidroxlorid — Erlotad, Gefitinib-Adgef) roʻyxatdan oʻtgan. Bu umumiy assortimentning 2,6 % ini tashkil etdi.

Respublikamizda oʻsmaga qarshi dori vositalarini, jumladan, oʻpka saratoni kasalligini davolashda qoʻllaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarilishini kengroq yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari izlanishimizning keyingi bosqichlarida farmakoiqtisodiy tahlillarni oʻtkazishga asos boʻlib xizmat qiladi.


1. Tillashayxov M.N., Ibragimov Sh.N., Jangklich S.M. (RSNPMTsOiR) // Analiz osnovnix statisticheskix pokazateley onkologicheskoy slujbi Respubliki Uzbekistan // Klinicheskaya i eksperimentalnaya onkologiya. — 2020. — № 2. (12) — S. 5-10

2. Sung H, Ferlay J, Siegel RL, Laversanne M, Soerjomataram I, Jemal A, Bray F. Global Cancer Statistics 2020: GLOBOCAN Estimates of Incidence and Mortality Worldwide for 36 Cancers in 185 Countries. CA Cancer J Clin. 2021 May;71(3):209-249. doi: 10.3322/caac.21660. Epub 2021 Feb 4. PMID: 33538338.

3. Standarti diagnostiki i lecheniya onkologicheskix bolnix (3-e izdanie) (pod redaksiey prof. M.N. Tillyashayxova). — Tashkent, 2021. — S. 3-28.

4. WHO model list of essential medicines — 22nd list, 2021. https://www.who.int/publications/i/item/WHO-MHP-HPS-EML-2021.02

5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2009 yil 24 iyuldagi 230-sonli „Asosiy dori vositalari roʻyxati“ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2011 yil 30 dekabrdagi 342-sonli „Asosiy dori vositalari roʻyxati“ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2013 yil 27 dekabrdagi 443-sonli „Asosiy dori vositalari roʻyxati“ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2016 yil 11 yanvardagi 28-sonli „Asosiy dori vositalari roʻyxati“ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2018 yil 20 iyuldagi 41-sonli „Asosiy dori vositalari roʻyxati“ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2021 yil 25 fevraldagi 2-sonli „Asosiy dori vositalari roʻyxati“ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

https://lex.uz/docs/5341135

11. Gosudarstvenniy reestr lekarstvennix sredstv i meditsinskix izdeliy Respubliki Uzbekistan. — Tashkent, 2021. — № 25 (05.11.2021).

https://uzpharm-control.uz/ru/pages/state-register-of-medicines-and-medical-products

12. Rajabova N.X., Suyunov N.D. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan oʻsmaga qarshi dori vositalarining tahlili // Farmatsevtika jurnali -Toshkent, Oʻzbekiston, 4-son, — 2020. 3-10-b.

13. Rajabova N.X., Suyunov N.D. Oʻpka saratoni kasalligini davolash standartlari va klinik protokollarining qiyosiy tahlili // Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalar toʻplam. — 2021, 20-may, Toshkent, Oʻzbekiston, 320-322-b.

14. Rajabova N.X., Suyunov N.D. Oʻzbekiston Respublikasida saraton kasalliklarining epidemiologiyasi // Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammo va istiqbollar" Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani toʻplam. — 2020. 120-121-b.