Foydalanuvchi:Namangan to`qimachilik sanoat instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti
(NamTSI)
Asl nomi Namangan toʻqimachilik sanoati instituti
Xalqaro nomi Namangan institute of textile industry
Asos solingan 2023-yil
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori XOLIQOV QURBANALI MADAMINOVICH
Bakalavriat 1627 (2024)
Manzili Namangan "Gulobod" MFY janubiy aylanma yo`li ko`chasi 17-uy
Vebsayti https://ntsi.uz/

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan toʻqimachilik sanoati institutini tashkil etishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi „2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasisi toʻgʻrisida“gi PF 60 farmoni orqali asos solingan. Farmonning 22-maqsadida Milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish belgilangan. Bunda, koʻplab sohalar kabi Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga koʻpaytirish va Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga koʻpaytirish maqsadi qoʻyilgan. 2022 – 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini „Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili“da amalga oshirishga oid DAVLAT DASTURI 2-ILOVAsi ustivor yoʻnalishlar, maqsad va vazifalar boʻyicha 38-bandida Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga koʻpaytirish belgilangan boʻlib amalga oshirish mexanizmlari sifatida dolzarb masalalardan Namangan shahri, Toʻraqoʻrgʻon va Chortoq tumanlarida „Namangan Tekstayl“ industrial zonasini tashkil qilish boʻyicha dasturni ishlab chiqish hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida Namangan toʻqimachilik sanoati institutini tashkil etish belgilangan.

Institutda taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutda taʼlim dasturlarini etakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda, jumladan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish yoʻlga qoʻyildi. Institutning hamkor korxonalarida kafedra filiallarida haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibida oʻtiladigan fanlar hajmi boʻyicha oʻqitishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar tayyorlangan. Institutning 6 ta mutaxassislik kafedralarida haftalik oʻquv mashgʻulotlarini yuqori kurs talabalari uchun „4+2“ tartibida taʼlim jarayonlari tashkil etilgan boʻlib, haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibi boʻyicha jami 19 ta hamkor korxonalarda laboratoriyalar tashkil etilgan. Jumladan: Dizayn kafedrasi 4 guruhda 5 ta fandan taʼlim jarayoni haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibida 3-ta korxonada olib borilmoqda. Toʻqimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi kafedrasida 4 ta guruhda 16 ta fandan korxonada haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibida 4-ta korxonada oʻtkazib kelmoqda. Yengil sanoat maxsulotlarini konstruksyalash va texnologiyasi kafedrasida 6 guruhda 8 ta fandan haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibida 3 ta korxonda tashkil etilgan. Trikotaj texnologiyasi kafedrasida 4 ta guruhda 3 ta haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibida 3 ta korxonada va Toʻqimachilik tolalari muhandisligi kafedrasida 8 ta guruhda 7 fandan haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibida 3 ta korxonalarda hamda Sanoat muhandisligi kafedrasida 5 ta guruhda 7 fandan haftalik oʻquv mashgʻulotlarini „4+2“ tartibida 1 ta korxonada tashkil etilgan. Kafedra filiallarida talabalarning musaqil taʼlimini tashkil etish boʻyicha ham etarli shart-sharoitlar yaratildi.

Institutda 3 ta fakultet mavjud:

To‘qimachilik mashinalari fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

To‘qimachilik dizayni fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

To‘qimachilik texnologiyasi fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutda 9 ta kafedralar mavjud[tahrir | manbasini tahrirlash]