Foydalanuvchi:Mushtariy05

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ernest Heminguey[1][2][tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernest Heminguey ( 21-iyul 1899- yil AQSH, Illinois shatati)- amerikalik yozuvchi, jurnalist, adabiyot yo’nalishida Nobel va Pulitser mukofotlari laureati. O’z joniga qasd qilish oqibatida ( 2-iyul 1961- yil AQSH, Aidaxo ) da vafot etdi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernest Heminguey hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernest Heminguey bolaligi Ouk- Park Chikago yaqinidagi shaharchada o’tgan. Ernestning otasi Klarens Edmont tibbiyot va atrof muhitni o’rganish bilan shug’ullangan. Sobiq opera kuychisi bo’lmish onasi Greys Xoll esa olti nafar farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish uchun o’z karyerasidan voz kechadi, yosh Ernest esa oiladiga ikkinchi farzand edi. Oilaning o’ziga to’q va ziyoli insonlardan tashkil topishiga qaramay uning hech bir a’zosi adabiyot ga qiziqmagan. Operadagi faoliyatini to’xtatib, o’zini to’liqligicha turmush yumushlariga bag’ishlagan Greys xonim hulqida o’zgarishlar sezila boshladi. Va uning bu xulq- atvori farzandlarida yaqqol aks etdi, qiz farzand ko’rishni istagan Greys Xollni o’gli Ernestning dunyoga kelishi xursand qilmaydi. 4 yoshiga qadar kichik Ernest onasining hayolotida yashashga maxkum bo’ladi, u qiz bolalar kiyimlarini kiyib yuradi va lentali tasmalar yordamida sochlarini huddi qizaloqlardek turmaklaydi. Shunga qaramasdan yozuvchining baxtli bolalik hotiralarining aksariyat qismi ham shu davrga to’g’ri keladi, bo’sh vaqtida otasi ov, ayniqsa baliq ovi bilan shug’ullanishni yoqtirgan, uch yoshligidayoq Ernestning shaxsiy baliq ovi uchun qarmog’I bo’lgan. Keyinchalik bu mashg’ulot bilan bog’liq yorqin xotiralarni u o’z asarlariga muxrlaydi. Yozuvchini maktab davrlarida shunchaki Xem deb atashadi, u o’qish va yozishga kiuchli qiziqadi, uni tengdoshlaridan ajratib turadigan hislati uning tanlovlarida edi. Yosh bo’lishiga qaramay u klassik janrdagi adabiyotga qiziqardi. Uning o’smirlik davrida mahalliy gazetalarda chop etilgan ilk hikoyalari asosan u yozgi ta’tilni maroqli o’tkazish uchun boradigan Michiganga bag’ishlangan edi. 1917 yilda Amerika Birinchi Jahon urushiga kirganini e'lon qildi va yigitlar harbiy frontga ketishni boshladilar. Ernestning romantik tabiati uning chetda turishiga imkon bermadi, lekin ota-onasi va shifokorlari bunga qarshi edilar. Biroq, u 1918 yilda Qizil Xoch ko'ngillisi sifatida frontga borishga muvaffaq bo'ldi. Yigit Shio shahridagi oldingi otryadda xizmat qiladi, ammo ularning ba'zilari janglarda qatnashmadi. Keyin Ernest oziq-ovqatni to'g'ridan-to'g'ri oldingi qatorga olib boradigan tez yordam mashinasida haydovchi bo'lishni so'radi. 1918 yilning yozida u yarador snayperni qutqardi va o'zini Avstriya pulemyotchilari otib tashlashadi. Xem kasalxonaga yotqizilganida, uning tanasida deyarli yaralanmagan qismi bo’lmaydi. Doktorlar uning tanasidan 26 ta o’q qoldiqlarini olib tashlashadi va shundan keyin uni Milanga yuborishadi. Urush qaxramoniga yaralangan tizza suyagi o’rniga alyumin protez o’rnatishadi. 1919 yilning boshlarida u AQSHga qaytadi va uni tantanali ravishda kutib olishadi, barcha gazeta va jurnallarda unga shaxsan Italiya qiroli ko’rsatgan jasorati uchun dovyuraklik nishonini topshirganligi haqidagi xabarlar tarqaladi. Ernest 1921 oila quradi va yosh rafiqasi bilan barcha sevishganlar shahri - Parijga ko'chib o'tdi. Shunda uning hayot yo‘lining ushbu bo‘lagi “Doim sen bilan bo‘lgan bayram” deb nomlangan xotiralarida aks etadi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi haqiqiy shon-shuhrat yozuvchiga 1926 yilda "Quyosh ham chiqadi" romanini nashr etganida keldi, unda "yo'qolgan avlod" ta'rifi birinchi marta ta’kidlab o’tilgan edi. Romanning bosh qahramoni Jeyk Barns siymosida Xeminguey o'zni tasvirlagan. Xuddi u kabi, Jeyms urushni boshdan kechirdi, og'ir jarohat oldi va bu uning dunyoqarashini, ayniqsa ayollarga nisbatan butunlay o'zgartirdi. Shuning uchun u Bret Eshliga nisbatan faqat platonik muhabbatni boshdan kechirdi va ruhiy tushkunlikga barxam berish uchun u spirtli ichimliklar iste’mol qilishni boshlaydi. Ernest Xemingueyga katta shon shuhrat olib kelgan asarlaridan biri 1929 yilda yozilga “ Alvido qurol! ” deb nomlangan romani bo’ldi va aynan shu roman xozirgi kunda ham ko’plab darslik va qo’llanmalarda keng foydalaniladi. 1949 yilda esa yozuvchi Kubada faoliyat olib boradi. 1954 yilda Nobel hamda Pulitser mukofotlarini olishiga sababchi bo’lgan “ Chol va Dengiz” nomli 1952 yilda yozilgan ham falsafiy ham diniy ahamiyatga ega bo’lgan asari uni butun ijodi davomidagi cho’qqisi hisoblanadi va aynan shu asar olti marta dunyoning turli nuqtalaridagi kinematograflar tomonidan sahnalashtirilgan. Bu asar uning yozuvchi sifatida qoldirgan boy ma’naviy merosining so’ngilaridan biridir.

Badiiy Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Afrikaning yashil tepaliklari 1935 2. Tushdan keyin o’lim 1932 3. Xavfli yoz 1960 4. Parij bir ziyofat edi 1960

Romanlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Bahor toshqinlari 1925 2. Partiya 1926 3. Alvido qurol! 1929 4. Bor va Yo’q 1937 5. Qo’ng’iroq kim uchun 1940 6. Daryo bo’ylab va daraxtlar o’rtasida 1950 7. Chol va dengiz 1952 8. Yigitning sarguzashtlari 1962 9. Drifting orollari 1970 10. Adan bog’I 1986 11. Tong otganda 1999

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Birinchi Jahon Urushidan keyin Italiya Qurolli Kuchlari tomonidan topshirilgan "Harbiy jasorat uchun" kumush medal.

- Bronza yulduzi, 1947 yilda Shimoliy Amerika Qo'shma Shtatlari qurolli kuchlari tomonidan qabul qilingan.

- Pulitser mukofoti 1953, uning nomi bilan atalgan ishi munosabati bilan Chol va dengiz.

- Amerika Badiiy va adabiyot akademiyasining xizmatlari medali, 1954 yilda Adabiyot nominatsiyasida, xususan roman janrida olingan mukofot.

- 1954 yil adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti, muallifga ijodi uchun berilgan Chol va dengiz.

- So'nggi yuz yillikning eng yaxshi muxbirlari Kansas City Star 1999 yilda.

So’ngi Yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk amerikalik yozuvchi Ernest Heminguey umrining so’ngi yillarini ikkinchi rafiqasi Meri Xeminguey yonida o’tkazdi bunga sabab esa u Favqulotda Qidiruv Byurosi (FBI) tomonidan kuzatilayotganiga ishonishi edi. Xemingueyning nostabil ruhiy holati sababli u 1960 yilda Minnesota Shtatida joylashgan klinikada elektroshok terapiyasi bilan davolandi. Psixiatrik muolajalardan tugaganidan bir hafta o’tib 1961 yil 2 iyulda yozuvchi o’z uyi oshxonasida jonsiz holda topilgan. Dastlab o’lim sababi ommadan sir tutilgan va yaqinlari tomonidan bu shunchaki baxtsiz hodisa edi deya izoh berilgan. Keyinchalik, Meri Uels intervyusida Ernest o’z joniga qasd qilganligi ya’ni oz’ini-o’zi otib o’ldirganligi borasida haqiqiy faktlar keltirgan holda sirli o'lim hikoyasini oshkor etadi. 1980 yilda esa Favqulotda Qidiruv Byurosi(FBI) tomonidan diskvalifikatsiya qilingan hujjatlar orasida Xeminguey kuzatuv ostida bo’lganligi tasdiqlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Biografiya Ernesta Millere Xemingueya“ (Rus). litres.ru. Qaraldi: 5-aprel 2023-yil.
  2. [[httpp://britannica.com/ Britannica ensiklopediyasi] „Ernest Xeminguey/Biografiya, Kitoblar, Faktlar“]. Britannica.com (16 aprel, 2020). Qaraldi: 5-aprel 2023-yil.
  1. „2020 yil.1954 yil adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti - Ernest Xeminguey. [onlayn mavjud: nobelprize.org [16 aprel, 2020 yil].“] (ingliz). Nobel Prize. Qaraldi: 5-aprel 2023-yil.