Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muhlisa01/Guruzin yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GRUZIN YOZUVI — gruzin tilidagi mustaqil yozuv tizimi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, Gruzin yozuvi sharqiy oromiy yozuvi asosida, taxminan. mil. av. 3-asrda yuzaga kelgan. Keyinchalik yunon yozuvi taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan. Masalan, yozuv yoʻnalishi, alifbodagi tartibi oʻzgargan, baʼzi unlilar ham oʻzlashtirilgan.

Gruzin yozuvining rivojlanish jarayonida birbiridan keskin farqlanadigan 3 shaqli paydo boʻlgan:

1) sarlavhalarda uchraydigan (mtavruli) shaqli;

2) satriy yozuv (nusxuru) va

3) aslzodalar yozuvi. Uchinchisi avvalgi ikki turidan keskin farq qilgan (xutsuri). Bu yozuv asosan cherkovlarda, shuningdek, harbiy sohada, aslzodalarning yozishmalarida qoʻllangan. Yangi Gruzin yozuvi kitob nashri boshlanishi tufayli yuzaga kelgan (1709). Hoz. Gruzin yozuvi qatʼiy fonologik tartibga asoslangan (har bir fonema maʼlum grafemaga toʻgʻri keladi), 33 belgiga — 5 unli, 28 undoshga ega. Bosma matnlarda, odatda, bosh harf boʻlmaydi.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/g/gruzin-yozuvi/