Foydalanuvchi:Maftunam1202/Mangʻitonobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mangʻitonobod[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mangʻitonobod - birinchi komponent etnotoponim, urugʻ nomi  

hisoblanadi. “Mangʻit qabilalari obod qilgan joy” ma’nosida.  

Mangʻitlar istiqomat qilgan qishloq. Mangʻitlarning ajdodlari XIII asr  

boshlarida Moʻgʻuliston hududida yashagan. XIII asr davomida Dashti  

Qipchoqqa kelib oʻrnashganlar. XIII-XIV asrlarda mangʻitlarning  

katta qismi Volga va Ural daryolari oraligʻida joylashib oladi. Shu  

davr mobaynida qipchoqlar ta’siri ostida oʻz tillarini unutib turkqipchoq tilini qabul qilishadi. Keyinchalik ular oʻzbeklar,  

qoraqalpoqlar va qisman qozoqlarning etnik tarkibiga kiradi.  

Mangʻitlar hozirgi Oʻzbekiston hududiga XVI asrda koʻchib oʻtadi va  

oʻtroq dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Ular Buxoro xonligining  

siyosiy hayotida katta mavqega ega boʻlib, hukmron sulola darajasiga

koʻtariladi va 1753-1920-yillarda Buxoroni idora qiladi.

Manbalar:

Halim To`rayev: "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021