Foydalanuvchi:Husniya2012/Bag`lon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BAGʻLON (baqtriycha bagolaggo — ibodatxona, sajdagoh) — Toxaristonichnt eng qad. shaharlaridan biri. Milodning boshlarida u yerda «Podsho Kanishka Muzaffarning ibodatxonasi» joylashgan, uning xarobalari Afgʻonistondagi hoz. Bagʻlon sh. yaqinida. baland Surx koʻtal tepaligida saqlanib qolgan. U yerdan katta baqtriy yozuvida bitilgan toshtaxta topilgan, unga koʻra bu ibodatxona mil. 1-a. dagi Kushon podshosi Kanishka tomonidan qurilgan. 7-a. da xi-toy sayyohi Syuan Szan Toxaristonda Po-kyelang mulkini qayd etib oʻtadi, u ilk oʻrta asrdagi Bagʻlonga toʻgʻri keladi. Bagʻlon yaqinidagi tepalikdan kushonlarning buddaviylikka oid tosh rslyeflari topilgan. Bu yerdan sal narida murabba shakldagi Shom qalʼa tepaligidan buddaviylikka oid tosh kapitellar va us-tunlarning asosi topilgan. Bular kushonlar davrida B. Baqtriya-Toxaristonning yirik liniy markazlaridan biri boʻlganidan darak beradi.

Oʻrta asr manbalarida Bagʻlon baʼzan Baqlon shaklida ham uchraydi. Samʼoniyning yozishicha, Bagʻlon shahri ikki qismdan — yuqori Bagʻlon va quyi Bagʻlondan iborat boʻlgan, ularning har biri alohida shahar — «balda» hisoblangan. 9 — 10-a. larda quyi Bagʻlonda jome masjidi boʻlgan. 10-a. da yuqori Bagʻlonda mashhur istirohat yeri sa-nalgan «katta qishloq» boʻlgan. Bu yerda butun vodiy yam-yashil daraxtlarga burkangan, aholisi koʻp boʻlib, shaharga turli tomondan karvon yoʻllari kslib tutashgan; ov qilish uchun qulay joy sanalgan. Beruniygʻgʻshgʻt yozishicha, 1 l-a. da u yerda baland bir tepalik boʻlib, uning tepasida zaharli quziqorinlar oʻsgan. Kuyi Bagʻlon maʼmuriy markaz boʻlib, unda hokim saroyi joylashgan. Bagʻlon qad. nomini shu kungacha saklab qolgan boʻlib Bagʻlon daryoning Kunduzdaryoga quyiladigan yeriga yaqin joylashgan. U yerda shifobaxsh Chashmai Shir bulogʻi mavjud. 13-a. boshida Bagʻlonni moʻgʻullar bosib olgan. Moʻgʻullardan keyingi davr manbalarida Bagʻlon yirik shahar sifatida qayd etilgan.

Manbalar

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/baglon/