Foydalanuvchi:Hamidovumrzoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LAVANDA OʻSIMLIGINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Morfologiyasi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

LavandaLavanda yoki (Lavandula) butasi - Lamiaceae oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik. Bu oilaga 30 dan ortiq tur kiradi. Tabiiy sharoitda Shimoliy va Sharqiy Afrika, Arabiston, Evropaning janubi, Avstraliya va Hindiston davlatlarida uchratish mumkin. Barcha mamlakatlarning har turida ham lavandaning 2 xil turi o’stiriladi. Dorivor yoki tor bargli lavanda va keng bargli lavanda. Lavanda lotinchadan olingan bo’lib, "lava"-"yuvish" deb tarjima qilingan. Qadimda uni yuvish vositasi sifatida ishlatib kelingan. Tarkibida efir moyi bo’lganligi uchun hozirgi vaqtda ko’p maqsadlarda ishlatiladi. "Haqiqiy" (Lavandula angustifolia) deb ham ataladi. Tor bargli lavandadan kosmetikada, damlamalar tayyorlashda, tayyor mahsulotlar va efir moylari ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Asosiy ma`lumorlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavanda lotinchadan olingan bo’lib, "lava"- "yuvish" deb tarjima qilingan.Lavanda yog’idan aromaterapiyada qo’llaniladi. Quritilgan o'simlikdan choy tayyorlanadi. Lavanda ekstrakti ham juda foydali. Lavandaning ajoyib xususiyatlaridan biri antibakterial xususiyatidir. Mikroblarga qarshi, og'riq qoldiruvchi va balg'am ko’chiruvchi xususiyatlari juda muhim ahamiyatga egadir. Lavanda o'simligi har doim xalq tabobatida antiseptik va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatilib kelingan. Lavanda o’simligidan tayyorlangan dorilar bosh og’rig’i va migren kasalligini davolashga ham yordam beradi. Tibbiyot xodimlari ayyollarda uchraydigan klimakteriya davrida ularga lavanda choyini tavsiya etadilar. Lavanda ekstraktidan muzqaymoh ham tayyorlanadi. Lavanda choyi ayollarda primenstruel sindromi alomatlarini yengillashtiradi. Yaponiyada reproduktiv-endokrinologiya va bepushtlik markazi tomonidan tadqiqotlar o’tkazilgan. Unga ko’ra, Lavandula angustifolia ekstrakti yordamida aromaterapiya premenstrual sindromi alomatlarini kamaytirishga yordam berishi aniqlangan. Bundan tashqari lavanda ekstrakti xolesterinni kamaytirishga yordam beradi, hamda immunitetni mustahkamlaydi. Qarishni sekinlatadi. Lavandaning yana bir foydali xususiyatlaridan biri antibakterial xususiyatidir. Qadimgi davrlarda odamlar yaralarni davolashda va aromaterapiya yahni bolalarda uchraydigan tomoq og’rigni kasalligini davolab kelishgan. Bir muhim mahlumotni aytish kerak. O’simlikda estrogen (ayol gormonlari) ning aniq xususiyatlariga ega bo’lganligi sababli, o’g’il bolalarga lavanda ekstrakti yoki choyidan foydalanish tavsiya etilmaydi. Lavanda vitaminlarga boy o’simlik bo’lgani uchun undan choy va boshqa ichimliklar tayyorlash mumkin. Qishning oxirgi oylarida va fevralning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Mart oyining birinchi yarmida ham amalga oshirish mumkin. Lavanda ko’chatlarini tuvak tuproq bilan to’ldirilgandan so’ng, avaylab ekiladi. 1. Idishlar tuproq bilan to’ldirilgandan so’ng, ko’chat ekiladi. 2. Yuqoridagi tuproq to’ldirilgan gultuvaklarni har xil chirindilar bilan to’ldiriladi. 3. Lavanda urug'lari birma-bir 1,5-2 sm masofada ekiladi. 4. Ekishdan so'ng darhol idishlar shisha yoki plyonka bilan q|oplanadi.Lavanda 20 ta navga ega, eng keng tarqalgan. Keng bargli (frantsuz) lavanda - balandligi 130 santimetr, yorqin hidga ega. Tishli - balandligi 30 santimetrgacha bo`lgan kichik buta. Bu tur o`zining dekorativ effekti bilan ajralib turadi. Tor-bargli lavanda - dorivor sifatida ham tanilgan. Sovuqqa chidamli, shuning uchun uni o`stirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Atabaeva X.N., Umarova N.S.Lekarstvennaya rasteniya. 2. Ahmedov O`. Ergashev A., Abzalov A.A. Dorivor o`simliklar va ularni yetishtirish texnologiyasi. Darslik.Toshkent. 2008. 232 b. 3. Otabaeva X.N. va boshqalar. Botanika. T., Trud, 2000. 4. Bo`riev X. Ch., Do`smuratova S.I. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻchiligi. Toshkent. Mexnat, 2000 yil. 5. Toʻxtaev B.Yu., Maxkamov T.X., Toʻlaganov A.A., Mamatkarimov A.I., Maxmudov A.V., Allayarov M.O. Dorivor va oziq-ovqat o`simliklari plantatsiyalarini tashkil etish va xom ashyoni xarid qilish bo`yicha ko`rsatmalar. - Toshkent, 2015. 144 b.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Https://www.google.com/search?q=lavanda+foydasi&rlz=1C1GCEA enUZ1034UZ1034&oq=lavanda+foydasi&aqs=chrome..69i57j0i22i30.7073j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8