Foydalanuvchi:Elektromagnit moslashuv markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektromagnit moslashuv markazi davlat unitar korxonasi - radiochastotalarni tartibga solish va radiomonitoring qilish maqsadida faoliyat yurituvchi korxonadir.

Tarixi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yil 1-yanvardan boshlab Davlat elektraloqa inspeksiyalari (DEI) va Samarqand texnik radionazorat stansiyasi negizida “Radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuv markazi” tashkil etilgan.

“EMMM”DUKning asosiy vazifalari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

·        Radiochastota organi funksiyasini bajarish;

·        O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolar uchun mo‘ljallangan radioelektron vostialarning ishchi radiochastotalari hamda chaqiruv signallarini berish va hisobga olish;

·        O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektrining radiomonitoringi;

·        Radiochastotalarni taqsimlash va berishda elektromagnit moslashuvni ta’minlash;

·        Radioelektron vositalarda bo‘ladigan radioxalaqitlarni bartaraf etish;

·        Radiochastotalarni berish va elektromagnit moslashuvning hisob-kitoblari ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan bazasi tizimini yuritish va muntazam takomillashtirib  borish;

·        Xalqaro hududiy me’yorlarni, Xalqaro elektraloqa ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi ko‘rsatma va tavsiyanomalarini amalga oshirish.


Manbalar:

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi