Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Elbek.0205/MISTRAL

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MISTRAL[tahrir | manbasini tahrirlash]

MISTRAL (Mistral) Gabriyela (taxallusi; asl ism-sharifi Lusila Gadoy Alkayaga) (1889.07.04, Vikunya — 1957.10.01, Xempster, SSHA) — chili shoirasi, pedagog, jamoat arbobi 16 yil oʻqituvchilik qilgan. 1922-y. Meksika taʼlim vazirligiga taklif qilingach, Meksika maktablari va kutubxonalarini isloh qilish loyihasini ishlab chiqqan. 1924—46 y. larda Chili elchisi sifatida Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, AQSHda ishlagan. BMT tashkil boʻlgan davrdan Millatlar ligasi ishlarida qatnashib kelgan. Birinchi sheʼriy toʻplami — «Oʻlim so-netlari» (1914). Lirikasida ispan sheʼriyati anʼanalari bilan indeyslar mifologiyasidagi animistik obrazlilik qoʻshilib ketgan. «Noziklik» (1924) sheʼriy toʻplamida onalik baxtidan maxrum ayolning dardlari aks etgan. «Yakson qilish» (1938) sheʼriy toʻplamida fashizm qorralangan. Mistral «Tushkunlik» (1922), «Tala» (1938), «Taxtakach» (1954) kabi sheʼriy va «Laʼnatlangan soʻz» (1950) publitsistik maqrlalar toʻplami mu-allifi. Nobel mukofoti laureati (1945).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qomus Info https://qomus.info/oz/