Foydalanuvchi:ELBEK2622/TUTANXAMON

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TUTANXAMON[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tutanxamon (taxtga oʻtirgandagi ismi — Nebxeprura) — Misrda Yangi podsholik davri (18sulola)da mil. av. taxminan 1347—1337-yillarda hukm surgan firʼavn. Firʼavn Amenxotep IV (Exnaton)ning Nefertititsan tugʻilgan 3 qizi Anxesenpaatonga uylangan. Ehtimol Amenxotepning ukasi ham boʻlgan. taxminan 12 yoshida Tutanxaton (Atonning jonli obrazi degani) nomi bilan taxtga oʻtirib, 20 yoshga toʻlmasdan vafot etgan. Hokimiyat amalda vazir Eye va boshqa amaldorlar qoʻlida boʻlgan. Tutanxamon davrida Exnatonning diniy islohotlari bekor qilingan. Amon kultiga sajda qilish tiklanib, Tutanxamonning oʻzi Tutanxamon ismidan voz kechib, firʼavn qarorgohini Exetatondan Fivaga qaytargan.Tutanxamonning shoxlar vodiysidagi maqbarasi 1922-yil ingliz arxeologi G. Karter tomonidan topilgan. Maqbara oʻgʻr iqaroqchilar tomonidan talanmagan. Undan Tutanxamonning oltin sarkofagidan tashqari, yosh firʼavn tirikligida yaxshi koʻrgan sanʼat asarlari va uning qurol, buyumlari: oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, firʼavn 2 gʻildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, oltin, ganch, qora va qizil yogʻochlardan ishlangan haykalchalar, oʻq-yoy, xanjar, quticha, oʻrindiq va boshqa buyumlar topilgan. Bu noyob sanʼat asarlari jahonning koʻpgina mamlakatlarida namoyish etilgan.