Fiva (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fiva (yun. Thebai, misrcha Uaset) — Qad. Misrning eng yirik shaharlaridan va badiiy markazlaridan biri. F. miloddan avvalgi 3ming yillik oʻrtalaridan maʼlum. Misrning barcha hududlarini birlashtirgan 11 sulola firʼavnlari davrida (miloddan avvalgi 22-asr oʻrtasi — 20-asr) F. poytaxt boʻlgan va Oʻrta va Yangi podsholiklar davrida garchi firʼavnlar boshqa shaharlarni oʻzlariga qarorgoh tutgan boʻlsalarda poytaxtligicha qolgan. Miloddan avvalgi taxminan 730 yil Kush podshosi Pianxa F.ni bosib olgan. Ossuriya podshosi Ashshurbanipal miloddan avvalgi 663 yil F.ni vayron qilgan va mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi Shim.ga koʻchirilgan; F. oʻz rolini yoʻqotgan va miloddan avvalgi 88 yilgacha, yaʼni Ptolemey IX Soter tomonidan vayron kilinmaguncha diniy markaz sifatida rol oʻynagan. F.da arxeologik qazish ishlari 19-asrning 1yarmidan turli mamlakatlar olimlari tomonidan olib boriladi. F. xududida yirik ibodatxonalar majmui, nekropollar, firʼavnlar maqbaralari, firʼavnning 2 ta ulkan haykali va boshqa saqlanib kalgan.