Foydalanuvchi:ELBEK2622/SALOHUDDIN AL-AYUBIY

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SALOHUDDIN AL-AYUBIY[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138 — 1193 y Damashq) — Misr hukmdori (1171 yildan), ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—1169 yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171 y. fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—86 yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187 y. 3—5 iyulda Salohuddin Al-Ayubiy qoʻshini salibchilarni Xittin yaqini (Falastin)da tormor qilgan, 1187-yil 2-oktabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddin al-Ayubiyning ichki siyosati harbiy len tizimi (qarang Iqto)ni rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.

SALOHIDDIN AL-AYUBIY
Tavalludi- 1138-yil
Vafoti- 1193-yil 4-mart
Fuqaroligi- Abbosiylar va Ayubiylar
Otasi- Najim-ad Din Ayub
Onasi- Sitt al-Mulk Khatun

MANBA[1][tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.