Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Devona Jovliyev/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olga Carmona
Carmona 2020-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Olga Carmona García
Tavallud sanasi 12-iyun 2000-yil (2000-06-12) (24 yosh)
Tavallud joyi Sevilla, Ispaniya
Boʻyi 1.59 m
Ampluasi Chap qanot himoyachisi, yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006–2007 Sevilla Este
2007–2017 Sevilla
Xalqaro medallar

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-iyul uchun)

Olga Carmona García (2000-yil 12-iyunda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Liga F klubi „Real Madrid“ va Ispaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U Madrid klubiga qoʻshilishdan oldin „Sevilla“ ayollar jamoasida oʻynagan. U „Real Madrid“ sardori.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andalusiyaning Sevilla shahrida tugʻilgan Carmona futbolchilik faoliyatini olti yoshida „Sevilla Este“ jamoasida boshladi.

Carmona oʻzining dastlabki professional mavsumida 25 ta oʻyinda beshta gol urdi. „Sevilla“ jamoasi esa oʻz ligasida 12-oʻrinni egalladi. 2007-yilda u „Sevilla“ yoshlar jamoasiga oʻtdi va u yerda toʻqqiz yil davomida toʻp surdi. 2016-17-yilgi mavsumda Carmona oʻsha paytda Ispaniyaning ikkinchi divizioni boʻlgan Segunda divizionida oʻynagan asosiy jamoa tarkibiga kirdi. U oʻz jamoasi bilan birinchi mavsumda Primera divizioniga chiqishga muvaffaq boʻldi. Uning klubi keyingi uch mavsum davomida liga jadavalining quyi qismiga tushib qolgan boʻlsa-da, 2018-19 va 2019-20-yilgi ichki kuboklarning yarim finaliga chiqdi. Yarim finaldagi bahslarda esa yakunda chempionga aylangan „Real Sociedad“ va „Barcelona“ klublariga magʻlub boʻldi.

2020-yilning yozida Carmona „Real Madrid“ klubining yangi tashkil etilgan ayollar futbol jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carmona Ispaniya U-19 ayollar terma jamoasi bilan 2018-yilgi Yevropa chempionati finalda Germaniyani 1:0 hisobida magʻlub etib, turnir gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Uning oʻzi saralash va final abhslarida oʻnta oʻyinda maydonga tushib toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bir yil oʻtgach, u yana Ispaniya U-19 ayollar jamoasi bilan Yevropa chempionati finalida ishtirok etdi. U yerda Carmonaning jamoasi Fransiyaga qarshi kechgan oʻyinda qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 1:3 hisobida magʻlub boʻldi.

2021-yil 13-aprelda Carmona Meksikaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida Ispaniya milliy ayollar futbol terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi.

FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilda 23 yoshli Carmona Ispaniyaning FIFA Jahon chempionatidagi gʻalabasida asosiy rol oʻynadi. U yarim final va final bahslarida terma jamoa sardori sifatida jamoani maydonga olib tushdi va har ikki oʻyinda ham hal qiluvchi gollarni urdi.

15-avgust kuni Shvetsiyaga qarshi yarim final bahsida Carmona uzoq masofadan aniq zarba yoʻllagan holda hal qiluvchi golni kiritib, jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi. Besh kundan soʻng, Angliyaga qarshi kechgan final bahsining 29-daqiqasida u oʻyindagi yagona golni urdi, Ispaniya 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritdi. Carmona finalda oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2023-yil oktabr oyida Carmona rasman terma jamoaning 3 ta sardorlaridan biri sifatida eʼlon qilindi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carmonaning akasi Fran Carmona ham futbolchi. U „CD Teruel“ jamoasida himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Carmona katta boʻlib qolganidan soʻng ota-onasi undan futbol oʻynamaslikni, aksincha suzish, tennis va flamenko raqslari bilan shugʻullanishini soʻrashdi. Olga bu fikrga qarchichiqqanidan keyin esa oxir-oqibat ota-onasi ham rozi boʻlishdi.

Carmonaning otasi uzoq davom etgan kasallikdan soʻng, u gʻalaba golini kiritgan 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan ikki kun oldin vafot etdi. Uning onasi va akalari uning oʻyinini tomosha qilish uchun Avstraliyaga kelishgan. Carmona esa Ispaniyaning gʻalabasi nishonlangan bayramlardan keyin otasining oʻlimidan xabar topdi.

2024-yil 14-iyun holatiga koʻra[1]
Klub Mavsum Liga Kubok Mintaqaviy Boshqa oʻyinlar Umumiy
Dvizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Sevilla 2017–18 Primera División 25 5 0 0 25 5
2018–19 Primera División 30 2 3 0 33 2
2019–20 Primera División 20 0 2 0 22 0
Umumiy 75 7 5 0 80 7
Real Madrid 2020–21 Primera División 28 5 1 0 29 5
2021–22 Primera División 28 2 3 1 8 3 1 0 40 6
2022–23 Liga F 26 3 4 0 8 1 1 0 39 4
2023–24 Liga F 27 6 1 0 7 2 1 0 36 8
Umumiy 109 16 9 1 23 6 3 0 144 23
Faoliyati davomida 184 23 14 1 23 6 3 0 224 30

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 25-iyul holatiga koʻra[2]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Ispaniya 2021 5 0
2022 13 0
2023 18 3
2024 7 0
Total 43 3


Olga Carmona tomonidan xalqaro oʻyinlarda kiritilgan gollar
No. Sana Stadion Raqib Goldan keyingi vaziyat Yakuniy natija Musobaqa
1 2023-yil 19-fevral CommBank Stadium, Sydney, Avstraliya  Avstraliya 1–3 2–3 Millatlar kubogi (2023)
2 2023-yil 15-avgust Eden Park, Auckland, Yangi Zelandiya  Shvetsiya 2–1 2–1 FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023)
3 2023-yil 20-avgust Stadium Australia, Sydney, Avstraliya  Angliya 1–0 1–0

Ispaniya

  • FIFA Jahon chempioni: 2023
  • UEFA Millatlar ligasi: 2023–24[3]

Ispaniya U-19

  • UEFA Yevropa chempioni: 2018

Individual

  • FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalining eng yaxshi oʻyinchisi: 2023[4]
  • FIFA FIFPRO Ayollar orasidagi eng yaxshi 11 ta futbolchi: 2023[5]
  • IFFHS ayollar oʻrtasidagi jahonning eng yaxshi jamoasi: 2023[6]
  1. Devona Jovliyev/qumloq Soccerway saytida
  2. „Olga Carmona National Team Stats, Goals, Records“. FBRef. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
  3. „Women's Nations League final: World Cup winners Spain beat France 2–0 in Seville“. BBC Sport (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  4. „Visa Player of the Match: Olga Carmona“. fifa.com (2023-yil 21-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  5. „Who made the 2023 FIFA FIFPRO Women's World 11?“. FIFPRO (2024-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 15-yanvar.
  6. „IFFHS WOMEN'S WORLD TEAM 2023“. IFFHS (2024-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.