Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Azizbek9220/Matematik uslublar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matematik uslublar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

matematikalashtirish (matematizatsiya) va kompыoterlashtirish (kompyuterizatsiya) ilmiy texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridir. Matematik uslublardan tarix fani tadqiqotlarida foydalanish haqida maxsus asarlar ham yozilgan (M. Kovalchenko. Kolichestvennыe metodы v istoricheskom issledovanii. M.1984; Matematicheskie modeli istoricheskix protsessov. M.1998). Matematik uslublar tarixiy jarayonlaridagi qonuniyat va an'analarni aniqlash va o‘rganish va xulosalar chiqarishga yordam beradi. (masalan, iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlash, aholini ro‘yxatga olish, saylovlarning natijalarini tahlil qilish). XIXacp oxiri-XX asr boshida fransuz olimi Seminon fransuz xalqining oylik statistikasini hisoblab chiqib matematik uslublarga asos solgan. XX asrda bu usul rivojlanadi. II jahon urushidan keyin AQSh olimlari bu usuldan foydalana boshlaydilar. Ular matematik uslublardan elektron xisoblash mashinalari bilan bog‘liq holda foydalanganlar. Yangi fanlar paydo bo‘la boshlagach, tarix yangi uslublarda ko‘rib chiqila boshlagan. D.Nort va G.Fogel matematik uslublardan foydalangani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Bazi olimlar agar hamma jarayon raqamlarga aylantirib yuborilsa, tarixda tirik inson qolmaydi, boshqalari matematik uslublarsiz umumiy xulosaga kelib bo‘lmaydi degan fikrlarni bildirganlar. XX asrning 60- yillaridan boshlab matematik uslublar tarix fani tadqiqotlarida keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi. Matematik uslublardan foydalanib, tarixiy jarayonlar, voqyealarni matematik modellashtirish (tiklash) mumkin.