Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Azizbek9220/Gandisishan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GANDISISHAN, Transʼhimolay togʻlari — Tibet togʻliginingjan. dagi togʻlar, Xitoyda, Himolay togʻlariga parallel, 1600 km masofaga choʻzilgan, kengligi 300 km gacha. Ularni janubda Sangpo (Brahmaputra) va Hind (yuqorida) daryosi vodiylari ajratib turadi. Gandisishan alp burmalanishida hosil boʻlgan. Ohaktosh, slanes, kvarsit va granitlardan tarkib topgan. Eng katga tizmalari: jan. da Kaylas va Nyenchen-Tangla, shim. da Alinggangri. Eng baland choʻqqilari: Alinggangri (7315 m), Nsnchen-Tangla (7088 m). Qor va kichikroqmuzliklar bilan qoplangan. Tibetning bosh shaxri — Lxasa ana shu togʻlar orasida. Togʻ-tundra va togʻ-oʻtloq usimliklari oʻsadi. Koʻl koʻp.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/g/gandisishan/