Fototranzistor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fototranzistor (foto... va tranzistor) — yorugʻlikni sezuvchi va bunda sodir boʻladigan elektr tok kuchini kuchaytiruvchi yarim oʻtkazgichli asbob. F. germaniy yoki kremniyli monokristall yarimoʻtkazgichli plastinadan iborat; unda tranzistorpiknta oʻxshash 3 soha — emitter, kollektor va baza bor. F. bazasida chiqarilgan uchligi boʻlmasligi bilan tranzistordan farq qiladi.

F. tashqi zanjirga bipolyar (bir qutbli) tranzistorga oʻxshash ulanadi. Yorugʻlik bazaga tushganda, unda juft zaryad tashuvchilar (elektron va kovak) hosil boʻlib, kollektorli oʻtishda elektr maydon yordamida boʻlinadi. Natijada baza sohasida asosiy tashuvchilar toʻplanadi, bu esa emitterli oʻtishdagi potensial toʻsiqni kamaytirishga va F.dan oʻtayotgan tokning ortishiga olib keladi. F. nazorat va avtomatik tizimlarida yoritilganlik datchiklari sifatida, kinoqurilmalarda tovushni qayta eshittirish va boshqalarda ishlatiladi.