Fotooʻtkazuvchanlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fotooʻtkazuvchanlik, foto re zistiv effekt — elektromagnit nurlanish taʼsirida yarimoʻtkazgichlarning elektr oʻtkazuvchanligi ortishi. F.ni birinchi boʻlib 1873 yilda amerikalik fizik U. Smit selenda kuzatgan. Odatda, F. yoruglik taʼsirida tok tashuvchilar konsentratsiyasining ortishi tufayli yuzaga keladi (konsentratsiyey F.). U bir necha jarayon xisobiga hosil boʻladi: fotonlar elektronlarni valent zonadan "yulib" olib, utkazuvchanlik zonasiga "otadi", bunda bir vaqtning oʻzida utkazuvchanlik elektronlari va kovaklar soni ortadi (xususiy F.); elektronlar valent zonadan boʻsh aralashma sathiga oʻtadi — kovaklar soni ortadi (k o vakli F.); elektronlar aralashma satxlaridan utkazuvchanlik zonasiga oʻtkaziladi (elektronli F.). Konsentratsion F. yetarlicha qisqa toʻlkinli nurlanish taʼsiridagina paydo boʻlishi mumkin, bunda fotonlarning energiyasi yoki man etilgan zona kengligidan (xususiy F. holida), yoki zonalardan biri va aralashma satxi orasidagi masofadan (elektronli va kovakli F. holida) katta boʻlishi kerak. F.ning tok tashuvchilar konsentratsiyasini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlmagan turlari ham boʻlishi mumkin. Mac, erkin tok tashuvchilar uzun toʻlqinli elektromagnit toʻlqinlarni yutganda ularning energiyasi ortadi. Natijada ularning harakatchanligi va demak, elektr utkazuvchanlik ortadi (harakatchanlik F.). F. ni oʻrganish — qattiqjismlarni tadqiq qilishning eng samarali usullaridan biridir. F. hodisasidan fotorezistorlarni, nurlanishning sezgir va inersiyasi kichik qabul qiluvchilarini yaratishda foydalaniladi.