Fotoionlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fotoionlanish, fotoionizatsiya — atom yoki molekulashtg bir yoki bir necha foton bilan oʻzaro taʼsiri natijasida ionlanishi. Agar atom (molekula) uygʻonmagan boʻlsa, bir foton taʼsirida ionlanish yuz berishi uchun ionlashtirayotgan fotonning energiyasi hv (v — nurlanish chastotasi) ionlanish energiyasi IV dan kichik boʻlmasligi kerak. Hamma suyuqdik va gazlarning atomlari hamda molekulalari uchun W shundayki, hv>W shart faqat ultrabinafsha nurlar va yana ham qisqa toʻlqin uzunlikka ega boʻlgan nurlar uchun oʻrinli. Biroq F. pogʻonaviy ionlanish hisobiga hv<W boʻlganda (mas, jadalligi katta boʻlgan koʻrinma yorugʻlik bilan nurlantirilganda) ham kuzatilishi mumkin. F. ehtimolligi hv~W holda eng katta boʻladi. hv— W ayirma (W) ga nisbatan kichik boʻlsa, F. vaqtida foton yutiladi. hv— W ayirma F. mahsulotlari (xususan, erkin elektronlar) ning kinetik energiyasiga aylanadi. Katta energiyali foton (rentgen nuri fotonlari, ukvant)lar F. aktida oʻz energiyalarining bir qisminigina sarflaydi; bunda ularning chastotasi oʻzgaradi. Bunday fotonlar modda orqali oʻtishida koʻp sonli F. aktlari sodir qiladi. F., mas, atmosfera yuqori qatlamlarining ionlanish jarayenida muhim rol oʻynaydi.