Fotodiod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fotodiod (foto... va ...diod) - optik nurlanish taʼsirida bir tomonlama fotooʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan yarimoʻtkazgichli diod; fotoelektronika vositasi.F. elektronkovak (r—p) oʻtishli yarimutkazgichli kristalldan iborat. Unda ikkita metall chiqish (biri r, ikkinchisi p sohadan) boʻlib, metall yoki plastmassali himoya korpusiga oʻrnatilgan. r—p oʻtishli F.da yorugʻlik elektronkovak oʻtishga darcha orkali tushadi. Bunda qoʻshimcha elektron va kovaklar soni hosil boʻladi. F. ikki ish rejimida ishlaydi: fotodiod rejimida F. tashki zanjirida r—p oʻtishdan hosil boʻladigan oʻzgarmas tok mavjud, ventil rejimida bunday tok boʻlmaydi. F.ning integral sezgirligi — 20 mkA/lm, inersionligi <10 ne. F. fotodiod rejimida fotorezistorpek F. zanjirdagi elektr tokini boshkarishda, ventil rejimida esa fotoelementga oʻxshash foto elektr yurituvchi kuch generatori sifatida, tasvirlarni uzatishda nurlanish detektori sifatida, optik axborotlarni qabul qilish, oʻlchash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi.