Fotima Qodirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotima Rashidovna Qodirova
Tavalludi 22-dekabr 1956-yil (1956-12-22) (67 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Fotima Rashidovna Qodirova (1956-yil 22-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotima Qodirova 1956-yil 22-dekabr Toshkent shahrida tugʻilgan. Hozirda maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori[1][2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilda Moskva shahrida „Oʻzbek bogʻchasida bolalarga rus tilida soʻzlashuv nutqini oʻrgatishda didaktik oʻyinlar“ mavzusida pedagogika fanlari boʻyicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan[1]. 2006-yilda pedagogika fanlari boʻyicha doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2003—2016-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika nazariyasi va tarixi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori va pedagogika fanlari nomzodi dissertasiyalarni himoya qilish bo‘yicha Birlashgan ixtisoslashgan kengashining raisi oʻrinboasari, a’zosi, ilmiy seminar raisining oʻrinbosari sifatida ishlab kelgan. 220 dan ziyod ilmiy muallifi[1].

Mukofoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:OʻTOE