Fosforbakterin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fosforbakterin — bakterial oʻgʻit; tarkibida fosfororganik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga oʻtkazish krbiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. F. yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimlikning ildiz atrofida rivojlanadi. F. suyuq yoki quruq holda boʻladi. Ekish oldidan 1 ga maydonga ekiladigan uruglikka 100 ml suyuq yoki 250 g kukunli F. sarflanadi. Meva daraxtlari koʻchatlarini oʻtqazishda 10—15 g kukunli F. 10—20 l suvda eritiladi va koʻchat uchun qazilgan chuqurga ozozdan quyiladi yoki koʻchat ekilganidan keyin tuproq yuziga sepiladi va tuproq yumshatib qoʻyiladi. F. organik moddalarga boy, unumdor tuproklarda yaxshi samara beradi.