Fors tili saboqlari (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fors tili saboqlari

Film posteri
Rejissyor(lar) Vadim Perelman
Rollarda
  • Nauel Peres Biskayart
  • Lars Aydinger
  • Yonas Nay
Chiqarilgan sanasi 2020-yil
Davomiyligi 125 daqiqa
Til ruscha

"Fors tili saboqlari" (ruscha: Уроки Фарси,inglizcha: Persian Lessons) — Vadim Perelman tomonidan suratga olingan va 2020-yilda ekran yuzini koʻrgan, Rossiya, Germaniya va Belorussiya hamkorligida suratga olingan harbiy drama filmi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film voqealari 2-jahon urushi davrida sodir boʻladi. Konslagerga tushib qolgan asosiy qahramon, belgiyalik yahudiy, omon qolish maqsadida oʻzini fors ekanligiga ishontiradi. Oʻzi tomonidan oʻylab topilgan tilni fors tili sifatida koʻrsatib nemis ofitserini ushbu tilga oʻrgatishni boshlaydi[1].

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nauel Peres Biskayart — Jil Kremye
  • Lars Aydinger — gauptshturmfyurer Klaus Kox
  • Yonas Nay — rottenfyurer Maks Bayer
  • Devid Shuster — Paul
  • Aleksandr Bayer — komendant
  • Andreas Xofer — komendant yordamchisi
  • Leoni Benesh — Elza Shtrumpf, xelferin
  • Luiza-Selin Gaffron — Yana Krauze, xelferin
  • Niko Erentayt — obershturmfyurer Krupp

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Rossiyaning Hype Film, Germaniyaning LM Media va Two Films, Belarussiyaning Belarusfilm kompaniyalari bilan birgalikda yaratilgan. Suratga olish jarayonlari 2013-yilda boshlangan va dastlab filmga Timur Bekmanbetov rejissorlik qilishi kerak edi, lekin keyinchalik rejissorlik Vadim Perelmanga nasib qiladi. Ssenariy Ilya Sofin tomonidan Volfgang Kolxaazening „Kapo uchun fors tili“ hikoyasi asosida yozilgan. Suratga olish jarayonlari Belarussiya hududida amalga oshirilgan[2] (shuningdek Bobruysk qalʼasida[3]).

Film premyerasi 2020-yil Berlin kinofestivalida amalga oshirildi. Tanqidchilar ushbu kartinada Xolokost janridagi filmlar rivojidagi oʻziga xos yangi yondashuvni koʻrishdi[4]. Film Yevropa kinoakademiyasi mukofotiga nomzod sifatida eʼlon qilinadi[5]. Ushbu filmni Belarussiya nomidan Oskar mukofotiga nomzod sifatidaa koʻrsatishadi, lekin keyinchalik film ustida ishlagan jamoaning koʻpchilik qismi ushbu davlat bilan aloqasi yoʻqligi sababli filmni diskvalifikatsiya qilishadi[6].

Ushbu film 2021-yil 9-aprel kuni prokatga chiqadi. Yil davomida ushbu film chet el prokatidagi eng kassabop rus filmga aylanadi: uchdan bir qismi suhbu filmga toʻgʻri keladi[7].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Рецензия на фильм «Уроки фарси»: драма про холокост и спасительную силу памяти“. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  2. „Зрительское кино про Холокост: «Уроки фарси» Вадима Перельмана“. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  3. Автор: Андрей Молвин. „Концентрационные лагеря второй мировой“ (ru). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  4. „Репетитор из ада: «Уроки фарси» — очень литературная околорусская холокост-драма“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  5. „EFA 2020: «Уроки Фарси» и «Дау. Наташа» отобраны на премию Европейской киноакадемии“. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  6. „Фильм «Уроки фарси» исключили из гонки за «Оскар»“. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  7. „Кинотеатральные сборы российских фильмов за рубежом в 2021 году снизились на 11%“. 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.