Formalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Formalizm (lot. sormalis — forma, shaklga oid) — inson faoliyatining turli sohalarida shakl (forma)ni mazmunga nisbatan ustun qoʻyish. Urfodat, axloq qoidalarini, hatto hayotiy vaziyat ularni ahamiyatsiz qilib qoʻyganda ham, soʻzsiz bajarishda, kishi koʻziga qonunni hurmat qilayotgandek boʻlib, aslida unga koʻpda rioya qilmaslikda koʻrinadi. Jamiyatni boshqarishda byurokratizm, toʻrachilikda namoyon boʻladi.

Sanʼat va adabiyotda F. — realizmga zid boʻlgan badiiy metod. Sanʼatda F. sanʼat va voqelikni qaramaqarshi qoʻyish, badiiy shaklni mazmundan ajratish, shaklning alohidaligi va ustunligini taʼkidlashdan iborat. F. 19-asrning oxiri va 20-asrda paydo boʻlgan formalistik oqimlar — futurizm, ekspressionizm, syurrealizm va boshqalarning umumiy nomi. F. sanʼat mavjud hayotning inʼikosi emas, inson subʼyektiv olamining hayotdan mustaqil koʻrinishidir, deb daʼvo qiladi. Sanʼatning tarbiyaviy rolini, uning milliyligini, milliy anʼanalarini inkor etadi.