Formaldegid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Formaldegid (lot. formica — chumoli), 1867-yilda Goffman tomonidan sintez qilingan. Chumoli aldegid - alifatik aldegidlar gomologik qatorining 1aʼzosi; oʻtkir hidli, rangsiz gaz. Suv va spirtda yaxshi eriydi. Suyuqlanish temperaturasi — 118°, qaynash temperaturasi — 19,2°, zichligi 815 kg/m3 (20°da). Sanoatda metil spirti yoki metanni qavo kislorodi bilan oksidlab olinadi. F. reaksiyaga yaxshi kirishadi, polimerlanadi, kuchli qaytaruvchi. F. zaharli; uning havoda eng katta yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasi 1 mg/m3. Sintetik smolalar (mochevinaformaldegid smolalar, melaminformaldegid smolalar, fenolformaldegid smolalar va h.k.), boʻyagichlar, portyaovchi moddalar, dorivor preparatlar, oshlovchi, antiseptik va dezodoratsiyalovchi vositalar olishda qoʻllanadi.