Fonon ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"FONON" ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI - zargarlik sanoati korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida faoliyat koʻrsatadi. Oltin va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho uyroʻzgʻor idishlari, Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari, qimmatbaho tangalari va optik hamda lazer kristallari ishlab chiqaradi. Tarkibida 1sonli zavod (Toshkent zargarlik zavodi), 3sonli zavod, 4sonli zavod va qoʻshma korxonalar ("Kumush", "Uzbek Jewellery") hamda ilmiy markaz bor. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 6 maydagi qarori asosida Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi intida akad. M. X. Ashurov rahbarligida lab.da olib borilgan ilmiy izlanishlarni ishlab chiqarishga joriy etish asosida tashkil etilgan. 1992 yildan muntazam ish faoliyatini boshlagan birlashma Oʻzbekistonda zargarlik sanoatini rivojlantirishda salmoqli oʻringa ega. Birlashmaning Ilmiy markazida xalqaro fantlar hisobiga muhim yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib boriladi. Hozirgi ishlab chiqarilayotgan asosiy mahsulotlari chet ellarga eksport kilinadi.