Fomoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fomoz — sabzavot ekinlarining yuqumli kasalligi. Phoma turkumiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Karam (qoʻzgʻatoʻvchisi — P. lingam), sabzi (qoʻzgʻatuvchisi — P.rostrupii), kartoshka (qoʻzgʻatuvchisi — P. solanicola), lavlagi (qoʻzgʻatuvchisi — R. ye1aye)ning poyasi, bargi, ildizmevalarini zararlaydi. Oʻsimlik poya va barglarida botiq qora dogʻlar paydo boʻladi, kasallik yuqqan iddizmevalar va tuganaklar (sabzi va kartoshka) sakdash paytida chiriydi, toʻqimalarida qoʻngʻir halqalar paydo boʻladi, isteʼmolga yaroqsiz holga keladi. Kasallik kasallangan urugʻlik, oʻsimlik qoldiklari, tuproqdan yuqadi.

Kurash choralari: urugʻlikni dorilash; dalada kasallangan oʻsimliklarni yulib tashlash; mineral oʻgʻitlarni toʻgʻri nisbatlarda qoʻllash, dalani oʻsimlik qoldiklaridan tozalash; kartoshka, sabzi, karam va boshqalarni saqlash qoidalariga amal qilish.