Folklorizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Folklorizm — yozma adabiyotda qoʻllangan ogʻzaki poetik ijod materiali. Ilmiy adabiyotlarda F. "ikkinchi shakl" (K.Chistov) atamasi bilan ham yuritiladi. Yozma adabiyotda muallif yoki personaj nutqida qoʻllangan xalq maqollari, matal hamda iboralar odd i y F. sanaladi. Ijodkorning folklorga xos tasvir uslubiga ergashishi, folklor materialidan oʻz asarida foydalanishi, folklorga mansub syujet yoki motivni asariga olib kirishi va boshqa murakkab F. hisoblanadi. Asqad Muxtorning "Chinor", Turob Toʻlaning "Suyuk momo", Erkin Vohidovning "Ruxlar isyoni", Abdulla Oripovning "Kasam dara", Oʻtkir Hoshimovning "Parvona kuni" kabi asarlarida F.ning yorqin namunalari bor. F.lar madaniy hayot rivojining hozirgi bosqichida adabiyot va sanʼatning gʻoyaviybadiiy jihatdan uzluksiz taraqqiyotini taʼminlovchi bosh omilga aylandi.