Foizli svop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Foizli svop (inglizchada: interest rate swap, IRS) - bu ikki tomon o'rtasidagi kelishuv ko'rinishidagi hosilaviy moliyaviy vosita bo'lib, ma'lum bir sanada bir tomon boshqa tomonga ma'lum miqdorda belgilangan foizlarni to'laydi va ikkinchi tomondan o’zgaruvchan stavkadagi foizlar miqdorida (masalan, LIBOR bo'yicha) to'lovni oladi.[1]

Bo’lg’usi stavka kelishuvi (inglizchada: Forward Rate Agreement) standartlashtirilgan foiz svopi.[2]

Foiz svoplari odatda aktivlar va passivlar bilan operatsiyalarni sug'urtalashda qat'iy belgilangan stavkalarni o'zgaruvchan stavkalarga va aksincha yo’nalishda o’zaro o'tkazish uchun qo'llaniladi. Foiz stavkasi almashinuvi bo'yicha pozitsiya shartnoma taraflari uchun foiz va kredit risklarini o'z ichiga oladi.[3]

Izoh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foiz svoplari turli xil investitsiya strategiyalarida qo'llaniladi. Ular mashhur xedjlash va moliyaviy spekulyatsiya vositasi hisoblanadi.

Xedjlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Svop kelishuvi bo'yicha foiz stavkasini qat'iy belgilash foiz stavkalarining pasayib ketishidan himoyalanish imkonini beradi. Boshqa tomondan, kontragent pastroq foiz stavkalaridan foyda oladi.[4]

Spekulyatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foiz svopi bo’yicha pozitsiyaga kirishning chegarasi pastligi tufayli, ular foiz stavkalari harakati yo’nalishida spekulyatsiya qiluvchi treyderlar tomonidan keng qo’llaniladi.[5]

Shunday qilib, narxning tushishi kutilayotgan asosiy aktiv bo'yicha to'laqonli qisqa pozitsiyani ochish o'rniga, treyder faqat ana shu davr uchun foiz stavkasini belgilaydigan svop shartnomasini tuzishi yetarli bo’ladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Interest Rate Swaps“. global.pimco.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  2. „Hedge accounting: What are the benefits of a dynamic risk management strategy?“. bloomberg.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  3. „Swap Trading“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  4. „Interest Rate Swap“. investopedia.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  5. „An In-Depth Look at the Swap Market“. investopedia.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.